“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 194
yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi
ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini
rag‘batlantirish, turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini
jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro mehmonxona brendlarini mamlakatga faol
jalb etish, respublikadaga umumiy mehmonxona xonalari sonini oshirishga qaratilgan
vaziflarni huquqiy tartibga soladi.
So‘nggi yillarda turizm salohiyatini oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining
olib borayotgan keng ko‘lamli siyosatlari natijasida O‘zbekistonning tarixiy
hududlarida, hususan, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida xalqaro
brendli mehmonxona xizmatlari bozorida faoliyat yurita boshladi. Bugungi kunda
O‘zbekistonda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan brendlari: Hilton, Hampton by
Hilton, Wyndham Tashkent, Radisson Blue, Hyatt Regency, Ramada, Le Grande
Plaza, Lotte Hotel Tashkent, Court Yard By Marriot, Mercury, Ateca, Minyoun
Hospitality, Hilton Garden Inn, Movenpick Hotels & Resort brendlari faoliyat
yuritmoqda va jumladan shu 2023-yil Toshkent shahrida yangi InterContinental
Toshkent brendining ochilishi bo‘lib o‘tdi
“Ma’lumot uchun O‘zbekistonda InterContinental Toshkent brendi franshizasi
bilan 15 yil ishlagan va 2012 yil may oyida tark etgan”. InternterContinental Hotels
and Resorts-Britaniyaning Intercontinental Hotels Group kompaniyasiga tegishli
xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i (brend) hisoblanadi.
Bunday yirik mehmonxonalarning ochilishidan biz O‘zbekiston Respublikasida
mehmonxona biznesi yuqori darajaga yetib keldi deb shak shubxasiz ayta olamiz,
hamda bundan keyin yanada yuqori bosqichlarga chiqishiga ishonamiz.
Mehmonxona sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotning eng tezkor va muvaffaqiyatli
rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, yildan yilga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.
Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bu biznes hozircha to‘liq tiklangani
yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, aynan shu inqiroz mehmonxona biznesida mavjud bo‘lgan