“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 132
silliq o‘tishiga
tutashma deyiladi. Bir chiziq ikkinchisiga o‘tadigan nuqta
tutashuv nuqtasi deb ataladi.
Tutashuvlar quyidagi ko‘rinishlarda mavjud bo‘ladi:
1)
aylana yoylari bilan to‘g‘ri chiziqning tutashuvi;
2)
ikki to‘g‘ri chiziq bilan aylana yoyining tutashuvi;
3)
aylana yoyi bilan to‘g‘ri chiziqning tutashuvi;
4)
ikki aylana yoylarining uchinchi aylana yoyi bilan tutashuvi.
Tutashmalar yasashda tutashuv nuqtalari, tutashtirish markazi va tutashtirish
radiusini topishga to‘g‘ri keladi. Bu elementlardan bitta yoki ikkitasi berilishi ham
mumkin.
Ikki aylana yoyini berilgan radiusli uchinchi yoy vositasida tashqi va ichki
tutashtirish mumkin.
rasmda radiusi R
1
va markazi O
1
nuqtada hamda radiusi R
2
va markazi O
2
nuqtada bo‘lgan aylanalar R radiusli aylana yoyi bilan tashqi tutashtirish ko‘rsatilgan.
Buning uchun berilgan aylana radiuslariga tutashtirish radiusi R ni qo‘shib
(R+R,) radius bilan O, markazdan, shuningdek, (R+R
2
) radius bilan 0
2
markazdan
yoylar chizilgan. Yoylar o‘zaro kesishib, tutashma markazi О nuqta topilgan. So‘ngra
topilgan О nuqta berilgan aylanalarning markazlari O, va O
2
bilan tutashtirilib, К va
K1 nuqtalar aniqlangan. Bu nuqtalar izlanayotgan tutashuv nuqtalaridir. So‘ngra О
markazdan R radius bilan К va K
1
nuqtalar tutashtirilgan.
Tutashmalar mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarga mavjud detallarni
namoyish qilib, tutashmalar yasashlarning ahamiyati tushuntiriladi. Tutashmalarning