Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163391
1   2   3
Ilm-fan va innovatsiya 1040

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
142 
xoʻjalik faoliyati taʼsirida doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sunʼiy 
jamoalarni insonlar tashkil etib turadi. 
1-rasm OʻzR FA Botanika instituti geobotanika labaratoriyasi[6] 
Fitotsenoz doimiy boʻlmasdan uning tarkibi va tashqi koʻrinishi yillar va yil fasllari davomida 
oʻzgarib boradi. Natijada bir xil turlar oʻrnini boshqalari egallaydi. Bir fitotsenoz boshqasi 
bilan almashadi bu jarayon suksessiya deb ataladi. Mavsumiy va yillik almashinuvlar 
vaqtinchalik jarayon boʻlib, davriy ravishda takrorlanib turadi. Ular iqlim sharoitiga bogʻliq 
holda avvalgi holatiga qaytishlari kuzatiladi. Tabiatda bir fitotsenozni ikkinchisi bilan asta-
sekin almashinuviga olib keladigan qaytmas jarayonlar ham sodir boʻladi. Har bir fitotsenoz 
shakllanib, rivojlanadi. Uzoq vaqt davomida baʼzilari sekinroq, baʼzilari tezroq boshqa 
fitotsenoz bilan almashinadi. Oʻsimliklar qoplamida bir xil fitotsenozlarning boshqalari bilan 
almashinuviga olib keladigan qaytmas oʻzgarishlar almashinuvlar yoki suksessiya deb 
nomlanadi. Suksessiya soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, “ergashaman” degan maʼnoni 
anglatadi. Suksessiyaga ichki va tashqi sabablar taʼsir oʻtkazadi. Suksessiyaning tashqi 
sabablariga geografik muhit, iqlim, odam faoliyatining taʼsiri, hayvonot dunyosining taʼsirlari 
kirsa, ichki sabablariga esa yashash uchun kurash, migratsiya, oʻsimliklarning koʻpayish 
intensivligi kabi sabablar kiradi. Ekologlar odatda suksessiyani boshlanish nuqtasiga koʻra 
farq qiluvchi ikki turga ajratishgan: Birlamchi suksessiya yangi yerning shakllanishi yoki 
ochiq qoyaning paydo boʻlishida kuzatilib, u ilk bor ishgʻol qilinishi mumkin boʻlgan tabiiy 
muhitni hosil qiladi.Ikkilamchi suksessiyada dastlabki egallangan hudud buzilib, undagi 
jamoaning hammasi yoki koʻpchiligi nobud boʻlganidan keyin yana qayta 
egallanadi.Suksessiyani ilk marotaba oʻrgangan ekologlar suksessiya jarayonini oldindan 
aytish mumkin, jamoa doimo bir xil ketma-ketlikdagi bosqichlarni bosib oʻtadi deb oʻylashgan. 
Shuningdek, ular suksessiyaning oxirgi barqaror, yaʼni atrof-muhit bilan muvozanatda boʻlgan 
holatini klimaks bosqichidagi jamoa deb nomlashgan va bu holat oʻsha joyning iqlimi bilan 
belgilanadi deb hisoblashgan. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda yetilgan eman va hikori 
oʻrmoni muvozanatga erishgan, klimaks bosqichidagi jamoa hisoblangan.
 
 
References: 
1.
SH.Tojiboyev, M.U.Tojiboyev va boshqalar. “Geobotanika” 
2.
M.D.Jumaniyozova. “Geobotanika” 
3.
fayllar.org 
4.
arxiv.uz 
5.
uz.m.wikipedia.org 
6.
botany.uz 
7.
eas9y.uz 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin