Ilm-fan va ta’lim



Yüklə 6,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/96
tarix13.12.2023
ölçüsü6,39 Kb.
#174571
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Kalit so’zlar:
Tarmoqlararo balans, sof mahsulot, ish haqi va natura, kvadrantlar, 
to’lanadigan haq, sof daromad.
 
“Xarajat — maxsulot ishlab chiqarish” modeli iqtisodiy o’sishning eng 
muhim modellaridan biri hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning nazariy 
asoslari sobiq Ittifoqda birinchi besh yilliklar davrida ishlab chiqilgan. Uni 
birinchi marta amerikalik iqtisodchi (kelib chiqishi, rossiyalik bo’lgan) V. 
Leontev tomonidan “xarajatlar — maxsulot ishlab chiqarishi” nomi bilan 
rasmiylashtirildi. U tarmoqlararo aloqalarni shaxmat tipidagi jadval yordamida 
chiziqli algebrani qo’llab o’rganib chiqdi. 30-yillarda Amerika iqtisodiyotini 
tadqiq etib, “Amerika iqtisodiyoti tarkibi” monografiyasini yozdi. Bu kitobida 
umumiy muvozanatning iqtisodiy nazariyasi xalq xo’jaligining turli tarmoqlari 
o’rtasidagi aloqalarni o’rganishga, tadbik qilishga xarakat qilinadi. Keyinchalik 
(1973) o’zining “xarajatlar” — maxsulot ishlab chikarish” modeli va uni 
iqtisodiy muammolarni o’rganishda amaliy tadbiqi uchun 1973y. Nobel 
mukofotini oldi. (Vasiliy Vasilevich Leontev 5 avgust 1905 y. Petrogradda 
tug’ilgan). 
Iqtisodiy tahlilning xarajatlar — mahsulot ishlab chiqarish uslubida V. 
Leontev diqqatini eng avvalo iqtisodiy modeldagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Bu 
aloqalar turli tarmoqlar urtasida texnologik koeffitsiyentlar orqali o’rnatiladi. 
V. Leontev AQSh iqtisodiyoti tarkibini xarakterlovchi balans jadval ishlab 
chiqadi. 
Tarmoqlararo Balans modeli statik va dinamik ko’rinishda bo’lib iqtisodiy tizim 
va jarayonlarni iqtisody matematik modellashtirishda keng qo’llaniladi. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 20 ~ 
Matritsaviy iqtisodiy matematik modellar alohida olingan korxonadan 
boshlab butun respublika iqtisodiyot tarmoqlarini (xalq xo’jaligini) qamrab olgan 
holda mahsulotlar ishlab chiqarish va taqsimlashni tahlil qilish hamda rejalashtirish 
uchun mo’ljallangan bo’lib, bu yuzaga kelgan proporsiyalarni o’rganish, rejalarni 
muvaffiqlashtirish imkonini beradi. 
Xalq xo’jaligi darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning 
yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, 
tarmoqlar o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari hamda ijtimoiy mahsulotning ishlab 
chiqarilishi va taqsimlanishi o’z aksini topadi. Ya’ni har bir tarmoq qandaydir 
maxsulot ishlab chiqaradi va uni bir qismini o’zi iste’mol qiladi va qolganini 
tashqariga pirovard maxsulot ko’rinishida chiqaradi. TABning asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
-Iqtisodiyotda tarmoqlar ko’rinishida material buyum tarkibida takror ishlab 
chiqarishni tavsiflash; 
-Moddiy ishlab chikarish va xizmat kursatish soxasida yaratilgan maxsulotni 
ishlab chikarish va taqsimot jarayonlarini aks ettirish; 
-Iqtisodiy rivojlanish 
uchun 
ishlab 
chiqarish 
va 
undan 
samarali 
foydalanishning omilari urnini ochib berish; 
TAB pul va natural ko’rinishida tuziladi. 
Xalq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo 
balansining matematik modeli. 
Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz: 
a) ishlab chiqarish tarmoqlarini 

harfi bilan, iste’molchi tarmoqlarni 

harfi 
bilan tartiblaymiz; 
i
=1, 2, 3, ..., 
n

j
=1, 2, 3, ..., 
n

b) xalq xo’jaligining har bir tarmog’i balansda ishlab chiqaruvchi hamda 
iste’molchi sifatida qatnashadi; 
v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi 
tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi. 
Xij 
kattaliklar 
i
-tarmoqda ishlab chiqarilgan va 
j
-tarmoqda iste’mol qilingan 
ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko’rsatadi. 
Tarmoqlararo balansning ustunlarida har bir tarmoqdagi moddiy xarajatlar 
tuzilishi va sof mahsuloti aks etiladi. Faraz qilaylik, 1-tarmoq elektroenergiya 
ishlab chiqarish, 2-tarmoq ko’mir sanoati bo’lsin. U holda 
x
11 kattalik 1-tarmoqning 
o’z ehtiyojiga sarflangan elektroenergiya qiymatini, 
x
21 esa elektrenergiya ishlab 
chiqarishdagi ko’mir xarajatlarini ko’rsatadi. Umuman, 1-ustundagi 
x
11, 
x
21, 
x
31, 
..., 
xn
1 kattaliklar 1-tarmoqning ta’minotchi tarmoqlar bo’yicha moddiy xarajatlari 
tuzilishini ko’rsatadi. 1-tarmoqning sof mahsuloti ish haqi (
v
1) va sof daromad (
m
1) 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 21 ~ 


n
n

n
n
n
 
ning yig’indisidan tashkil topgan. Moddiy xarajatlar va sof mahsulotning jamlanmasi 
esa tarmoqning yalpi mahsulotiga teng bo’ladi, ya’ni 
X
1 = 
X
11 + 
X
21 + 
X
31 + ... + 
X n
1 +
v
1 + 
m
1 = å
X i
1 +
v
1 + 
m
1.
 i
=1 
Shu kabi har bir tarmoq uchun quyidagi tenglikni yozish mumkin: 
X j 

å
X ij 
+
v j 

m j, 

= 1,
n
(1) 
i
=1 
Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir 
tarmog’idagi yillik mahsulot hajmining taqsimlanishi o’z aksini topadi. Masalan, 1-
tarmoq qatoridagi 
x
11, 
x
12, 
x
13, ..., 
x
1
n
kattaliklar 
elektroenergiya 
tarmog’i 
mahsulotining shu tarmoqning o’zida, ko’mir sanoatida va barcha boshqa 
tarmoqlarda sarflangan miqdorini ko’rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab 
chiqarishdan tashqaridagi sarflanishi, ya’ni so’nggi (pirovard) iste’molni 
Y

ko’rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil 
topadi. 
Tarmoqlararo balans to’rtta qism - kvadrantlardan iboratdir. 

Yüklə 6,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin