Ilmiy maqola va tezislar


Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#193405
1   2   3
Ilmiy maqola va tezislar

Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar:

  • Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi,
  • Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi.
  • Iqtiqbos-ni sodda qilib aytganda! Bu olgan ma'lumotingiz manbasini oshkoriy yoritish hisoblanadi! Qanday iqtiqbos qilinadi?... Siz ma'lumot olgan manba #adabiyotlar_royxati dan joy oladi(1)! Yozayotgan matningizda shu ma'lumotni qo‘lladingiz(2), shu jumla oxirida [ ] mana shunday qavs ichida manbaani keltirib ketasiz(3)!

Tezis

Tezis (qadimgi yunoncha: θέσις, thesis — „qoida“, „isbot“) — I) keng maʼnoda — bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot kilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy maruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bolib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik boladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak.

Tezisni yaratish uchun qo‘yiladigan talablar.

1. Yuqorida aytganimizdek, o‘qib chiqilgan asarning yoki tayyorlanayotgan nutqning asosiy mag‘zini qisqacha bayon qilish-tezis ekan, dastavval, asar yoki materialning mazmunini bilish uchun uni to‘liq o‘qish lozim. O‘qish jarayonida yangicha tushunchalarga, yangicha qarashlarga diqqat qaratiladi va ular belgilab qo‘yiladi. 2. O‘rganilayotgan asar mazmuni bir nechta yaxlit ma’noli bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lak (parcha)ning asosiy ifodalangan joyining tagiga chizib, ta’kidlab qo‘yiladi. 3. Ta’kidlangan parchalarning mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan umumiy xulosalar shakliga keltiring; agarda matn parchasi asarning g‘oyaviy mazmunini Sizdan ko‘ra siqiq, tushunarli tarzda ifodalagan bo‘lsa, o‘zini qoldirishingiz ham mumkin, lekin uni yanada boyitish Sizning iqtidoringizga bog‘liq ekanligini unutmang. 4. Yaxshisi, “oz gapirib, ko‘p fikr aytishga” urining. Qolip, takror so‘zlar o‘rniga dolzarb muammoga tegishli so‘zlarni ishlating. Jumladan, “ishchi va dehqonlar sinfi” o‘rniga “mulkdorlar sinfi”, “bugungi davr” o‘rniga “Bozorli iqtisod” kabi. 5. O‘rganilayotgan asarda isbotlar, misollar, tushuntirishlar, takrorlar ko‘p bo‘lishi tabiiy, tezislarda esa muhim fikr, xulosa va umumlashma jamlanadi. SHuni doimo esda tutish lozim.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin