125
Hozirda mediani tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar,
ya’ni mediasavodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar o‘zaro bog‘liq
bo‘lsada, olimlar ularni mohiyatan bir-biridan farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha,
mediasavodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning
ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil
etish, baholashda mediasavodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, media-
ni o‘rganish, mediamadaniyat tushunchalari ham qo‘llanilayotir. Ular bir-biridan farq
qiladimi?
Mediata’lim (media education):
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;
– “mediamavzu” ni aniq bir fan
doirasida tahlil etilishini;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
–
uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– mediaagentliklarni,
ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
– talabaning OaV bilan ishlashini;
–
tadqiqot faoliyatini;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.
Mediani o‘rganish (media studies) o‘z navbatida:
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
–
uning konseptual tarkibini;
– mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kinosan’ati va madaniyatshunoslik fanlarining o‘zaro
bog‘liqligini;
– jahon OaVning bir biriga o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik (media literacy) mediani o‘rganish bo‘lib, mediata’limning quyi-
dagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini
tushunish;
– ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
– mediamatnlarni
tushinish va tahlil eta olish;
– media kontekstini tushinish;
– mediamatnlarni yaratish
va ularni tahlil etish;
– mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Mediata’limni quyidagi asosiy yo‘nalishlarga(ko‘rinishlarga) ajratishimiz mumkin:
1. Mediata’lim matbuot, radio, televidenie, kino, video va internet olamiga bo‘lg‘usi
professionallar — jurnalistlar, muharrir, rejissyor, prodyusser, aktyor, operator va bosh-
qalarni tayyorlaydi.
2. Mediata’lim ta’lim muassasalaridagi mediamadaniyat kurslarini olib boruvchi
bo‘lg‘usi pedagoglarni tayyorlaydi.
3. Mediata’lim maktablar, o‘rta maxsus, (kasb-hunar) ta’lim, oliy ta’lim muassasa-
larida yoki mustaqil tartibdagi (maxsus, ixtiyoriy ravishda o‘tiladigan, to‘garak va bosh-
qa) ta’lim oluvchi o‘quvchi va talabalar umumiy ta’limining bir qismidir.
4. Qo‘shimcha ta’lim muassasalari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tash kil etuvchi markazlar (madaniyat uylari, maktabdan tashqari markaz ishlari, estetik
va badiiy tarbiya, yashash joyidagi klublarda)gi mediata’lim.
5. Matbuot, televidenie, video, DVD, internet yordamida yoshi kattalar, talabalar
va o‘quvchilar uchun olib boriluvchi masofaviy ta’lim.