Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Reja: Pedagogika fan sifatida: Pedagogika fanining pretmeti


Pedagogikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti



Yüklə 34,3 Kb.
səhifə5/8
tarix18.12.2023
ölçüsü34,3 Kb.
#183956
1   2   3   4   5   6   7   8
ILMIY PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI.

4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti:
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi.
Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

  2. ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;

  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;

  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;

  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi;

  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;

  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:Pedagogik kuzatish metodi, Suhbat metodi, Anketa metodi, Intervyu metodi, Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi, Test metodi, Pedagogik tahlil metodi, Bolalar ijodini o'rganish metodi, Pedagogik tajriba metodi, Matematik-statistik metod.
5. Pedagogikaning metodlari.
Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadida qizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni qal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.

Yüklə 34,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin