9-MAVZU: ILMIY DALILLARNING PEDAGOGIK IZLANISHLARDAGI O’RNI. Reja: 1.Dalilning falsafiy tahlili.
2.Dalilning muhim tomoni.
3.Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni.
Dalilning falsafiy tahlili. Ilmiy muammoni qo‘yish, uning echimini topish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirish uchun ob’ektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy bilim ilmiy ijodda tayaniladigan dalil hisoblanadi. N.SHermuxamedova dalillarni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ko‘ra farqlash mumkin, deb ta’kidlab o‘tadi37. Bizning fikrimizcha, ob’ektiv dalil bu empirik daraja eksperiment va kuzatishlar natijasida olinadi. Sub’ektiv dalil esa mazkur voqea hodisalarning sub’ekt tomonidan nazariy tahlil qilishdir. SHuningdek, dalil ilmiy bilish standartlariga to‘la mos keluvchi turli-tuman asoslarga tayanadi. Hatto, u ilmiy bilish chegarasini aniqlab olishga yordam beruvchi ilmiy bilish shakli hisoblanadi. Ilmiy dalil ham olimga yangi, haqqoniy ilmiy bilim olishiga ko‘malashuvchi muhim omil hisoblanadi. Ayni shu ma’noda, dalillarni topish, olish va anglab etish ilmiy ijodning uzluksiz jarayon ekanligini belgilaydi.
Ilmiydalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zaruriy shartidir. Dalil – bilimning tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan tuzilishidan qat’inazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim. Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir.
Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab etilgan voqealari va hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Inson bilish imkoniyatlarining serqirraligi shunda namoyon bo‘ladiki, borliqning ayni bir dalili bilishning oddiy va ilmiy darajalarida, san’at, publitsistika yoki yuridik amaliyotda anglab etilishi mumkin. SHu sababli turli usullar bilan aniqlanadigan har xil dalillarning ishonchlilik darajasi ham har xil bo‘ladi. Ko‘pincha ilmiy dalil bilan borliq voqeasi o‘xshash bo‘lib ko‘rinadi va bu ayrim faylasuflar va olimlarga dalil haqiqatini mutlaq haqiqat sifatida tavsiflash imkonini beradi. Bunday tasavvur bilishning haqiqiy manzarasiga mos kelmaydi, uni dogmaga aylantiradi va soddalashtiradi.
Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi.
Dalilning muhim tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to‘g‘risidagi axborot. Dalilning borliqqa muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. SHu sababli dalillar fanning empirik asosi, nazariyani tasdiqlash yoki inkor etishning muhim usuli hisoblanadi. Dalil yordamida borliq xolisona, nazariyaga bog‘lanmagan holda anglab etiladi. Dalillar eski nazariya doirasiga sig‘maydigan, unga zid bo‘lgan hodisalarni kashf etish imkonini beradi.
Talqin qilish dalilning muhim unsuri bo‘lib, u har xil shakllarda amalga oshiriladi. Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog‘liq. Nazariya yordamida empirik tadqiqotning vazifalari aniqlanadi va uning natijalari talqin qilinadi. Talqin qilish dalil tarkibidan uni shakllantirishning nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har xil mafkuraviy, ilmiy yoki falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida o‘rin oladi.
Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya’ni uni olish usuli ham bor. Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan u qaysi usulda, qanday vositalar yordamida olinganligi bilan belgilanadi. Masalan, saylov oldi kampaniyalarida nomzodlar reytingi, ularning muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi sotsiologik tadqiqotlarning natijalaridan ko‘p foydalaniladi. Ko‘pincha ularning natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, ba’zan bir-biriga mutlaq ozid bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati istisno etilsa, bunday farqlarning sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishi mumkin.
Fanning ko‘p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi, balki dalillarni nazariy mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili hisoblangan fan tilining rivojlanish tarixi hamdir. SHu sababli har qanday dalil belgi-aloqa jihati, ya’ni u tavsiflangan fan tiliga ega bo‘ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlari. Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi atamalarda tavsiflashning iloji bo‘lmasa, uni idrok etish jarayoni ba’zan uzoq yillarga cho‘ziladi.
Ilmiy bilimning rivojlanishiga qarab tabiiy tilunda ifodalanayotgan narsalar mazmuniga semantik jihatdan muvofiq emasligi bo‘rtib ko‘rina boshladi. Tabiiy tili boralarining serma’noliligi, gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til belgilarining ma’nolari kontekst ta’sirida o‘zgaruvchanligi, psixologik assotsiatsiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo‘lgan ma’noning aniqligi va ravshanligiga erishishga monelikqilardi. Natijada tabiiy tilni sun’iy tarzda formallashtirilgan til bilan almashtirishga ehtiyoj tug‘ildi. Uning kashf etilishi fanning bilish vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni echish imkoniniberdi. SHuni ta’kidlash lozimki, ilmiy dalillar ham, gipotezalar, nazariyalar, ilmiy muammolar ham fanda yaratilgan sun’iyt illarga tayanadi.