Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 332 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü332 Kb.
#165252
  1   2   3   4
ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI

ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI




Reja:


  1. Fan-bilim, faoliyat va institut sifatida.

  2. Ijodiy jarayonning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.

  3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

  4. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Fan-bilim, faoliyat va institut sifatida

Fan - inson faoliyati sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi. Fanning asosiy maqsadi –xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.


Fan - bu rivojlanuvchi, o’suvchi bilim tizimi, insonning atrof olamni surunkali o’zlashtirishiga, o’zini qurshagan voqyelikning borlig’i haqida aniq va teran axborot olishi, bunday axborotni saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishiga yunaltirilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Fan ilmiy tushuncha, tamoyil, aksioma, ilmiy qonun, nazariya, faraz, empirik ilmiy fakt, uslub, usul va tadqiqot yo’llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimidir. Shuningdek, uni bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan insonlarning ilmiy faoliyati, ijodini ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasa sifatida keng ma’noda tushunish maqsadga muvofiqdir.
Bakalavriatni bitirib magistraturaga o’qishga kirgan magistrantlar «Katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo’yadilar. Undagi muammolar va bilimlarni o’rganish tarzi ta’lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo’lgan ilmlarni o’zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko’rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to’g’risida konkret tasavvur hosil qilishdir. Ma’lumki, fan sohasida endigina faoliyat ko’rsatayotgan yosh mutaxassis yetarli darajada bilimlar majmuiga ega bo’lishi kerak. Bunday majmuani tashkil qilgan bilimlar banki quyi ta’lim bosqichlarida yaratildi.
Xususan, maktabda o’quvchilar tabiat, jamiyat va inson olami, atrofdagi turli hodisalar va qonuniyatlar haqida ilmiylik xislatiga ega bo’lgan dastlabki tayanch tushuncha va tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar.
Bakalavriat bosqichida talaba tanlab olgan fan yo’nalishiga doir asosiy tushunchalar, g’oyalar va tamoyillarni o’rganib oladi, uning ongida nazariya va ular birligini namoyon etgan tizimli bilim shakllanadi. Bunday bilim nisbatan sodda struktura va xossalarga ega bo’lgan tuzilmalarni o’rganish va tushunish, hayotimizga kirib kelayotgan yangi buyumlar, texnik vosita va moslamalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga o’quvchi ham, bakalavr ham oldin yaratilgan va darsliklarga kiritilgan tayyor bilimlar bilan ishlaydi, o’qish jarayonida elementar uslubiy qoida va tamoyillarga tayanib u predmetga (fanga) oid savollar ustida mulohaza yuritadi. Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda, nima sabablarga ko’ra sodir bo’ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.
Agar maktab, kollejda ta’limning bakalavriat bosqichida talabalar oldin ishlab chiqilgan va tayyor shaklga keltirilgan ilmni o’zlashtirsalar, magistraturada hal etilmagan, ya’ni hodisa yoki qonuniyatni ochish, texnologik tuzilma loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini beradigan muammolar o’rganiladi.
To’g’ri, o’quvchi yoki bakalavr olimpiada va to’garaklarda qatnashish, hamda o’z ustida muntazam ishlash davomida intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini o’stirishi mumkin. Lekin, bu holat yuqorida bildirilgan mulohazani rad etmaydi, aksincha, fan dargohiga qadam qo’ygan olimpiada sovrindori yoki stipendiant kelajakda iqtidorli tadqiqotchilar safini to’ldiradi.
Fan xususida mulohaza yuritadigan bo’lsak, birinchi ko’zga tashlanadigan narsa, bu uning jamoaviy xislatidir. Fanda tadqiqotchilar jamoasi faoliyat ko’rsatadi. Bunday jamoada turli vazifalarni (eksperimentni tayyorlash va va o’tkazish, ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash, natijalarni umumlashtirish va h.k.) bajarishda namoyon bo’ladigan mehnat taqsimoti mavjud. Ilmiy jamoani faoliyati bir qator huquqiy, ijtimoiy, malakaviy va ma’naviy qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. Shularni hisobga olib fan tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: fantadqiqotchilar faoliyatini tashkillashtiradigan, yangi ilmiy bilimlar ishlab chiqaradigan, olingan natijalarni amaliyot va texnologiyaga joriy qiladigan ijtimoiy institutdir (muassasasidir).
Fan o’zagini yangi bilimlar ishlab chiqarishga qodir bo’lgan tadqiqotchilar tashkil qiladi. Tadqiqotchilar maxsus til, eksperiment va ilmiy usullardan foydalanish jarayonida innovasiyaga olib keladigan yangi natijalarni qo’lga kiritadilar, kashf qiladilar, voqyelikdagi narsa va hodisalarni tushuntirib beradigan ta’limotlar, g’oyalar va nazariyalarni ishlab chiqaradilar, hosil bo’lgan bilimlarni texnologik loyiha va modellar ko’rinishida amaliyotga tadbiq qiladilar.
Fanning muhim tomonini ilmiy axborot ishlab chiqish va iste’mol qilish, tadqiqot vositalari va usullarini yaratish, olingan natijalarni turli darajadagi anjumanlarda muhokama qilish tashkil qiladi.
Fanning strukturasi va asosiy xislatlari 1-rasmda ifodalangan.
Shunday qilib, fan ko’p strukturali ijtimoiy institut bo’lib, unda jamiyat uchun zarur bo’lgan yangi bilimlar ishlab chiqariladi, olim va mutaxassislar faoliyati tashkil qilinadi, ilmiy axborot ishlab chiqiladi va iste’mol qilinadi, maxsus fan tili, tadqiqot vositalari va usullari yaratiladi, dolzarb ilmiy va amaliy-texnologik muammolar muhokama qilinadigan anjumanlar muntazam tashkil qilinadi.
Fan o’zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo’lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko’rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo’limlari, ilmiy axborot kommunikasiyalari va boshqalar kiradi.

Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur.
Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko’zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida Respublika Prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda.
Fanning tashkiliy strukturasini shakllanishida ichki omillar va jarayonlar katta rol o’ynaydi. Uning strukturasida ilmiy intellektual faoliyat sohasidagi mehnat taqsimoti o’z ifodasini topadi. Xususan, bir sohada amaliy- loyihaviy va texnologik muammolar birinchi o’rinda turadi. Shunga muvofiq ilmiy-amaliy va texnologiyaga oid izlanishlar loyihaviy tadqiqot institutlarida, yirik korxonalar tasarrufida bo’lib laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Fanlar Akademiyasi va universitetlarda ko’proq fundamental nazariy tadqiqotlar olib boriladi. Bunday tarmoqlanish va sohaviy ixtisoslanish ilmiy tadqiqotlar samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi.
Fanning tashkiliy strukturasiga tarixan yondashsa, unda Platon akademiyasi, Aristotel liseoni, Aleksandriya shahridagi Muzeon (mill.avval. III asrda asos solingan), Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug’bek akademiyasi, XVII asrdan boshlab Yevropada vujudga kelgan akademiyalar va universitetlardagi bo’limlar, laboratoriyalarni qayd qilish mumkin.
Aytib o’tganimizdek, fanning tashkiliy strukturasi bilan olib borilayotgan tadqiqotlarning shakli va turlari o’rtasida aloqadorlik mavjud. Oliy o’quv yurtlarda tadqiqot yo’nalishi va mavzularni tanlash, izlanishlarni olib borish, olingan natijalarni birlamchi baholash kafedralarda, ularga qarashli laboratoriyada amalga oshiriladi. Sohaviy fundamental va maqsadli kompleks ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlarda olib boriladi. Yirik korporasiya va firmalar qoshida mavjud bo’lgan ilmiytexnik bo’limlarda asosan eksperimental – texnologik izlanishlar amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, fanning tashkiliy strukturasi quyidagi institusional tuzilmalarda o’ziga xos tarzda mujassamlangan:

  1. Fanlar akademiyasi, undagi institutlar, bo’limlar va sektorlar;

  2. Universitet fani;

  3. Ilmiy-tadqiqot institutlari;

  4. Yirik korxona va firmalarda mavjud bo’lgan ilmiy-texnik

bo’limlar, laboratoriyalar;

  1. Tarmoqlararo ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari.

Shunday qilib, hozirgi zamon fan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladigan, ichki mehnat taqsimotiga ega bo’lgan, buyurtma, moliyaviy ta’minot va grantlardan foydalanib bilimlar, loyihalar va texnologik tuzilmalarni ishlab chiqaradigan, o’zo’zini boshqarish va mehnatni tashkil qilish qonun-qoidalarga ega bo’lgan ijtimoiy institutdir.

Yüklə 332 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin