Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish reja


Innovatsion tashkilotning patent litsenziyali faoliyati



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#127808
1   2   3   4   5
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish

2. Innovatsion tashkilotning patent litsenziyali faoliyati
Xalqaro darajadagi aqliy mulkni huquqiy tartibga solishni vujudga kelishini Sanoat mulkini muhofaza qilish, patentlar, tovar nomlaridan foydalanish, shu jumladan ulardan noqonuniy foydalanilganlik uchun jazolash bo’yicha tadbirlar Parij konventsiyasi (1883y) bog’laydilar. Aqliy mulkka huquq III iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar bo’yicha xalqaro paktda beglilab berilgan. Bizning davlatimiz kashfiyotga mamlakat ustuvorligini himoyalanishini ta’minlash maqsadida Parij konventsiyasiga qo’shilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston qonunchilik bu sohadagi ko’pgina xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmuni va yo’nalishini aks ettiradi. Kashfiyotlarni xorijiy patentlantirishda markaziy o’rinni konventsion ustuvorlikni taqdim etish haqidagi masala egallaydi. Gap konventsiya ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlardan biri tomonidan patentlashtirishga dastlabki ariza bergan sanani e’tiborga olish haqida ketayapti, u ushbu dastlabki arizani bergan kundan bir yildan ko’p bo’lmagan chegarada belgilanadi. Bundan kashfiyotning yangiligi ushbu mamlakatda ariza berilgan kundan emas, balki dastlabki ariza kundan boshlab belgilanadi. Bu imtiyozli (bir yil) kashfiyotdan foydalanishining tijorat imkoniyatini belgilash (masalan, litsenziyalarni sotish), xorijda arizalarni rasmiylashtirish uchun zarur materiallarni sinchiklab tayyorlash, kashfiyotning reklamasini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Konventsiya kashfiyotlarga, agar ular xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda namoyish qilinsalar, vaqtinchalik (bir yil davomidagi) himoyani beradi.
Kashfiyotga huquqlarni rasmiylashtirish mualliflik guvohnomasi yoki patent olish yo’li bilan amalga oshiriladi. mualliflik guvohnomasi kashfiyot tomonidan taklifni tan olinishini, kashfiyotning ustuvorligini va shaxsning u tomonidan kashfiyotga olingan mualliflikni tasdiqlaydi. U hududiy harakatga ega, ya’ni u tomonidan tasdiqlangan kashfiyotdan boshqa davlatlarda agar u erda patentlanmagan bo’lsa, to’siqsiz va tekinga foydalanish mumkin emas.
Patent – bu mualliflikning tasdiqlovchi va uning egasiga kashfiyotga favqulodda huquq beruvchi hujjatdir. Buning ostida hech kimni kashfiyotdan patentning egasisiz foydalanishi mumkin emasligi ko’zda tutiladi.Mohiyati bo’yicha, patent – bu sanoatning namunasi yoki tovar belgisini ro’yxatga olinishi bilan mustahkamlangan kashfiyotga mulk egasining unvonidir. Bu holda kashfiyotdan foydalanishga rozilik qisman foydalanishga litsenziyani topshirish (sotish) yoki patent huquqlarini to’liq topshirish yo’li bilan aks ettiriladi.
Patentli himoyalashning barcha masalalari patent mahkamasi tomonidan tartibga solinadi. U sanoat mulki ob’ektlarini himoyalash sohasidagi yagona siyosatni amalga oshiradi, kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunlariga buyurtmalarni ko’rib chiqishga qabul qiladi, davlat tomonidan ro’yxatga olishni amalga oshiradi, patentlar beradi, rasmiy ma’lumotlarni nashr qiladi, patent qoidalarinri bosib chiqaradi va h.k.
Patent qonuni patentlarni amalda bo’lim muddatlarini belgilaydi, ular davlat tomonidan ro’yxatga olishga taqdim etilayotgan sanoat mulkining turiga bog’liq.
Kashfiyotga patent ariza kelib tushgan sanadan boshlab 20 yil davomida amalda bo’ladi foydali modelga guvohnoma 5 yil davomida davomida amalda bo’ladi. Patent egasining iltimosiga ko’ra u 3 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Sanoat namunasiga patent 10 yil davomida amalda bo’ladi va yana 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Patent qonuni sanoat mulki ob’ektlarining patent qobiliyati mezonlari majmuasini belgilab beradi. Ular ostida uni yaratuvchisi tomonidan himoyalash patentini olish uchun ushbu ob’ekt qanoatlantirishi kerak bo’lgan shartlar tushuniladi.
Foydali modellarga, agar ular yangi va xalq xo’jaligi sohalarida sanoatli qo’llaniladigan bo’lsalar, huquqiy himoya taqdim etiladi.
Sanoat namunasi ostida mahsulotning tashqi ko’rinishini belgilab beruvchi uning badiiy – konsruktiv echimi tushuniladi, agar u yangi, noyob va xalq xo’jaligi sohalarida sanoatli qo’llaniladigan bo’lsa, huquqiy himoya beriladi.
Patent qonunida patent qobiliyati deb hisoblanmaydigan aqliy mulk uchun ob’ektlarining ro’yxati beriladi.
Masalan, quyidagilar kashfiyotlar va foydali modellar sifatida himoyalanmaydilar:
 ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
 xo’jalikni tashkil qilish va boshqarish usullari;
 shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
 aqliy operatsiyalarni bajarish usullari;
 hisoblash mashinalari uchun algoritmlari va dasturlar;
 inshoatlar, binolar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizmalari;
 buyumlarning faqat tashqi kshrinishiga tegishli bo’lgan, estetik ehtiyojlarni qanoatlantirishga qaratilgan qarorlar;
 integralli mikrosxemalarning texnologiyalari;
 jamoa manfaatlari, insonparvarlik va ahloq tamoyillariga zid bo’lgan qarorlar;
 faqat buyumning taktik vazifasi bilan asoslangan qarorlar;
 arxitektura ob’ektlari (kichik arxitekturik shakllardan tashqari), sanoat, gidrotexnik va boshqa ko’chmas inshoatlar;
 bosma mahsulotlar;
 suyuq gazsimon, sog’iluvchi yoki shunga o’xshish moddalaridan barqaror bo’lmagan shaklli ob’ektlari.
Patentni rasmiylashtirish tartibi Patent qonuni tomonidan tartibga solinadi.
Litsenziyalashtirish texnologiyalar bilan savdoning, o’z ichiga patentlar, litsenziyalar, nou-xaular bilan bitimlarni oluvchi, asosiy shakllarining biridan iboratdir.
Litsenziya alohida shaxslar yoki tashkilotlarga patent bilan himoyalangan kashfiyot, texnik vazifalar, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik sirlari, tovar belgisi va h.k.dan foydalanishga ruxsatdan iboratdir. Litsenziyaniberish tijorat operatsiyasi bo’lib, patent egasi (litsenzar) o’zining kontragenti (litsenziati)ga patentlar, nou-xau, tovar belgilari va h.k.ga o’z huquqlarining belgilangan doirasida foydalanishga litsenziya beradi.
Litsenziyalashtirish manfaatdor tomonlar tomonidan litsenzion bitim – shartnomani qabul qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, unga muvofiq kashfiyot, texnologik bilimlar, tajriba va ishlab chiqarish sirlarining egasi o’zining kontragentiga aqliy mulkdan foydalanishga litsenziya beradi. Bitida litsenziyadan foydalanishning ishlab chiqarish sohalari va hududiy chegaralari belgilanadi.
Litsenzion bitim bir necha patentlar va ular bilan bog’liq nou-xaularni majmuaviy topshirishni ko’zda tutish mumkin. Bu holda litsenzion bitim, qoidaga ko’ra, litsenznar tomonidan tegishli injiring (muxandislik-maslahat) xizmatlarini, shu jumladan loyihalashtirish, litsenzion ishlab chiqarishni tashkil qilish, nou-xau, ishga tushurish-sozlash ishlar, xodimlarni tayyorlash va h.k. ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Litsenzion bitimlar mustaqillarga, ular texnologiya va texnolgik bitimlar bo’lg’uvsi foydalanishga ularning joyi va sharoitlaridan qat’iy nazar topshirilishini ko’zda tutadi va birga bo’luvchilarga bo’linadi, bunda litsenziyani topshirish bilan bir vaqtda qurilish, uskunalarning butlovchi qismlarini yetkazib berish yoki injenering xizmatlari ko’rsatishga shartnoma tuziladi.
Sotuvchi (litsenzior)ga xaridor (litseziat)ga litsenzion bitim predmetida foydalanish huquqini bergani uchun mukofotlash litsenzion to’lovlar vositasida amalga oshiriladi, ular bitim amalda bo’lish davri davomida xaridor daromadidan davriy ajratmalar yoki ekspert baholari aosida oldindan belgilangan bir vaqtdagi to’lovlar ko’rinishida bo’lishlari mumkin.
Davriy ajratmalar (royaltlar) oborot, litsenzion mahsulotni sof sotishlar qiymatidan foiz to’lash kabi belgilanishi mumkin yoki ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga hisoblash bilan belgilanadi. Bir vaqtdagi to’lov litsenziardan hujjatlarni topshirilishini ko’zda tutuvchi reushal (butunlay olinadigan) to’lov shaklida bo’lishi mumkin. Litsenzion mukofotlashning keltirilgan shakllarining har xil birikmalari bo’lishlari mumkin.
Yangi texnik echimlar, kashfiyotlar va tovarlar odatda patentlashtiriladilar, bu patent egasiga ulardan foydalanishga favqulodda huquqni beradi. Litsenziyadan foydalanish huquqlari xarakteri va hajmi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadilar:
 patentli (patentdan tezisli nou-xausiz foydalanish huquqi beriladi);
 bepul (nou-xaudan faoliyatning har xil sohalarida fodalanish huquqi beriladi);
 oddiy (patentdan foydalanish huquqiga lizenziat va litsenzior ega bo’ladi);
 favqulodda (litsenziat tomonidan patentda yakka hukmron holda foydalanish);
 to’liq (patentdan bir kishi bo’lgan litsenziat shartnoma tomonidan kelishilgan muddat davomida foydalaniladi).
Aqliy mulkka egalik qilish va boshqarish tartibi Patent qonuni, maxsus “elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni huquqiy himoyalash haqidagi”, “integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy himoyalash haqidagi” qonunlar tomonidan tartibga solinadi.

Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin