Ilmiy uslubda yana fanning turli
sohalariga oid simvol va belgilar,
raqamlar ham ishlatiladi.
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli
nomlarning roli juda kattadir.
Masalan: oq tuproq, qora tuproq,
qizil tuproq, sho‘rtuproq; muzlik
kamari, muzlik darvozasi, muz tili,
kulcha muz; marjon qirg‘oq,
panjarasimon qIrg‘oq; oy o‘tovi,
serostona daryo, patsimon bulutlar
kabi terminlar ham aslida obrazli
ifodalardan kelib chiqqan.
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi
obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ
atash funksiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta’sir ko‘rsatish
vazifasini bajaradi.
Obrazlilik katigoriyasi agar ilmiy
uslubda «so‘ngan, nursiz»holda
ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa
«jonli» tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan, uchar yulduz, somon yo‘li
astronom uchun, avvalo, termin
vazifasini o‘taydi, yozuvchi uchun esa
bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki
obrazli ifoda manbai bo‘lishi mumkin.
Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga
ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1.Ilmiy tadqiqotlar.
2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar Biron-bir fan
sohasidagi izlanishlarni qamraydi,
uzoq yillar olib borilgan ijodiy
mehnat samarasini
ko‘rsatdi.Masalan: Oybekning
«Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» ,
I.Sultonning «Navoiyning qalb
daftari» , H.Yoqubovning «Adibning
mahorati» kabi asarlar xudi
shunday tadqiqotlardir.
|