Ilova o‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida “Yosh mutaxassislarni tanlash



Yüklə 150,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix27.03.2023
ölçüsü150,36 Kb.
#90485
  1   2   3   4   5   6   7
Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi



O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining
2022-yil “11” - noyabrdagi
“149 ” - son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida “Yosh mutaxassislarni
tanlash
D A S T U R I
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Moliya
vazirligi) tizimida “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi (keyingi o‘rinlarda –
Dastur) oliy taʼlim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda – OTM) bitiruvchi kursida
o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va
keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Dastur maqsadi – Moliya vazirligi tizimiga eng munosib kadrlarni tanlash va
istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda OTM bitiruvchilarini
Moliya vazirligi tizimiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iborat.
Dastur vazifalari:
OTM hamda Moliya vazirligi o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish;
eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni tanlash;
nomzodlarni Moliya vazirligiga stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda
“ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish;
stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov asosida Moliya
vazirligiga ishga qabul qilish.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Dasturda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
OTM – bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlanishini taʼminlovchi davlat taʼlim muassasasi;
bitiruvchi – OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs
talabalari;
Moliya vazirligida stajirovka o‘tash – yosh mutaxassislarni davlat xizmatiga
tayyorlash, kasbiy faoliyat masʼuliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish
faoliyatini o‘rganish orqali OTMda olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash
jarayoni;

Yüklə 150,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin