***************************************
Umar kechqurin mukammal bir shaklda g’usl qildi. Sochlarini taradi,
egniga toza, yangi
kiyimini, boshiga esa do’pisini kiydi. Bugun me’roj
kechasi edi. Umar ilk marotaba ulug’ kechalardan birida bedor bo’lardi.
Ota-onasini yoniga chiqib, onasini qo’llaridan o’pdi va ko’zlariga uzoq
tikildi so’ng masjid tomon yo’l oldi. Masjidda xufton namozini jamoat
bilan o’qigach odamlar tarqala boshladi Umar esa uyiga bormasdan
masjidda qo’lib, kitoblar orasidan qo’liga Qur’oni Karimni olib o’qiy
boshladi. Hech to’ymasdi Robbisini Kalomiga, ko’zida
yosh bilan
o’qirdi. “Robbimni Kalomi” deb ko’zlariga surardi. Butun kechani
Qur’on bilan o’tkazdi. Saharga yaqin ikki rakat namoz o’qib, boshini
sajdadan ko’tarmadi. Ko’zlari yumiq holda:
“Keling Habibim, keling” - derdi. Shu xolatda qanchadir muddat turdi,
ichida bir nimalar derdi. Balki payg’ambari bilan gaplashardi,
balki
tinmay salovat aytardi. Noma’lum.
Va birdan masjidni ajoyib bir hid tutib ketdi. Yo’q bu masjiddagi mushk
hidi emas edi. Bu boshqacha. Na biz bilgan gullarni hidiga o’xshardi, na
mushki anbarga. Dunyoviy hid emasligi aniq edi. Qanday tushuntirsa
bo’lardi bu hidni. Inson umri davomida faqatgina
bir marotaba tuyishi
mumkin bo’lgan hid. Chuqur nafas olganda, butun vujudi bu ifordan
yayrayotganini his qiladigan darajada ajiyb ifor edi bu.
Umar tabassum bilan yig’layotgandi, hamon boshi sajdada:
“Keldingiz Habibim, va nihoyat keldingiz, xush keldingiz Nabiyim”
So’ng masjidga bomdod uchun birinchi bo’lib imom kirib keldi.
Umarni
ko’rib xayron bo’ldi va uzoqdan biroz tomosha qilib kulimsiradi. Yoniga
borib:
“Hey oshiq, tur endi yaqinda bomdod bo’ladi” dedi va imom ham birdan
masjiddagi ajiyb iforni tuydi. Yuzi darhol o’zgardi. Axir bilardiku bu
boshqa iforligini.
Umar qimirlamasdi.
Imom yoniga yanada yaqinlashib:
“Umar” - dedi yelkasiga qo’lini qo’yib.
Umar sajdada turgan joyida
yerga yiqildi. Zo’rg’a Umarni bir amallab yerga yotqizdi. Yuzida
tabassum bor edi Umarni. Ko’zidan oqqan yosh esa yuzida qotib
qolgandi.
Imomning ko’zlariga beixtiyor yosh keldi. Tiz cho’kib yig’lab yubordi.
Bir necha oy avval Umarni ko’chada mast holda ko’rib qanchalik xafa
bo’lgandi. Bugun esa unga havas qilardi. Kim xohlamasdi
bunday
xotimani. Umarni shahodat uchun ko’targan barmog’i ham o’sha xolida
qotib qolgandi. Imom sekingina pichirlab:
“Shahodating qabul bo’lsin ey Umar” dedi.
Umarni yuvishdi, kafanlashdi. Ota-onasi-yu, qarindoshlari qayg’uda,
yig’lashardi. Imom esa:
“Jiming, yig’lamang” - derdi hammaga.
Axir u Sevgilisining yoniga ketdi.