Iltimos, foydalansangiz manbani ko’rsating. Kanal nomini o’chirib o’zlashtirishingizga roziligim yo’q!


***************************************



Yüklə 113,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü113,98 Kb.
#176472
1   2
Sevgilisiga yetishgan Umar hikoyasi

 
*************************************** 
Umar kechqurin mukammal bir shaklda g’usl qildi. Sochlarini taradi, 
egniga toza, yangi kiyimini, boshiga esa do’pisini kiydi. Bugun me’roj 
kechasi edi. Umar ilk marotaba ulug’ kechalardan birida bedor bo’lardi. 
Ota-onasini yoniga chiqib, onasini qo’llaridan o’pdi va ko’zlariga uzoq 
tikildi so’ng masjid tomon yo’l oldi. Masjidda xufton namozini jamoat 
bilan o’qigach odamlar tarqala boshladi Umar esa uyiga bormasdan 
masjidda qo’lib, kitoblar orasidan qo’liga Qur’oni Karimni olib o’qiy 
boshladi. Hech to’ymasdi Robbisini Kalomiga, ko’zida yosh bilan 
o’qirdi. “Robbimni Kalomi” deb ko’zlariga surardi. Butun kechani 
Qur’on bilan o’tkazdi. Saharga yaqin ikki rakat namoz o’qib, boshini 
sajdadan ko’tarmadi. Ko’zlari yumiq holda: 
“Keling Habibim, keling” - derdi. Shu xolatda qanchadir muddat turdi, 
ichida bir nimalar derdi. Balki payg’ambari bilan gaplashardi, balki 
tinmay salovat aytardi. Noma’lum.
Va birdan masjidni ajoyib bir hid tutib ketdi. Yo’q bu masjiddagi mushk 
hidi emas edi. Bu boshqacha. Na biz bilgan gullarni hidiga o’xshardi, na 
mushki anbarga. Dunyoviy hid emasligi aniq edi. Qanday tushuntirsa 
bo’lardi bu hidni. Inson umri davomida faqatgina bir marotaba tuyishi 
mumkin bo’lgan hid. Chuqur nafas olganda, butun vujudi bu ifordan 
yayrayotganini his qiladigan darajada ajiyb ifor edi bu.
Umar tabassum bilan yig’layotgandi, hamon boshi sajdada: 
“Keldingiz Habibim, va nihoyat keldingiz, xush keldingiz Nabiyim”
So’ng masjidga bomdod uchun birinchi bo’lib imom kirib keldi. Umarni 
ko’rib xayron bo’ldi va uzoqdan biroz tomosha qilib kulimsiradi. Yoniga 
borib: 
“Hey oshiq, tur endi yaqinda bomdod bo’ladi” dedi va imom ham birdan 
masjiddagi ajiyb iforni tuydi. Yuzi darhol o’zgardi. Axir bilardiku bu 


boshqa iforligini.
Umar qimirlamasdi.
Imom yoniga yanada yaqinlashib: 
“Umar” - dedi yelkasiga qo’lini qo’yib. Umar sajdada turgan joyida 
yerga yiqildi. Zo’rg’a Umarni bir amallab yerga yotqizdi. Yuzida 
tabassum bor edi Umarni. Ko’zidan oqqan yosh esa yuzida qotib 
qolgandi.
Imomning ko’zlariga beixtiyor yosh keldi. Tiz cho’kib yig’lab yubordi.
Bir necha oy avval Umarni ko’chada mast holda ko’rib qanchalik xafa 
bo’lgandi. Bugun esa unga havas qilardi. Kim xohlamasdi bunday 
xotimani. Umarni shahodat uchun ko’targan barmog’i ham o’sha xolida 
qotib qolgandi. Imom sekingina pichirlab: 
“Shahodating qabul bo’lsin ey Umar” dedi.
Umarni yuvishdi, kafanlashdi. Ota-onasi-yu, qarindoshlari qayg’uda, 
yig’lashardi. Imom esa: 
“Jiming, yig’lamang” - derdi hammaga.
Axir u Sevgilisining yoniga ketdi. 

Yüklə 113,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin