Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar bilan bir qatorda va barcha sharoitlar yaratilgan muhitda o’qishi. Reja:
1.Inklyuziv ta`limni tashkil etish.
2.Imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishga qiziqishlari.
3.Imkoniyati cheklangan bolalar ta`limi uchun zarur sharoitlar.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. O‘tgan yigirma yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo, inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi . Bundan tashqari, inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korrektsiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormokda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda. Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish va yozishga o’rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko’mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonmayon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi. Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir. Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi. Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi. Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim” o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi. Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Xulosa.
Albatta,nogiron bolalar uchun yaxshi bo‘lgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi.