-il qo‘shimchasi qo‘shilganda,
ikki, olti, yetti so‘zlariga
-ov, -ala qo‘shimchalari
qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi:
o‘rin — o‘rnim, qorin — qorni, burun — burning, o‘g‘il — o‘g‘ling, ko‘ngil — ko‘ngli, yarim — yarmi; qayir — qayril, ulug‘ — ulg‘ay, sariq — sarg‘ay, ikki — ikkov, ikki — ikkala, yetti — yettov kabi;
2)
u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga
-da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda
n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi:
unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha
qo‘shiladi;
buningiz, o‘shanisi kabi;
3)
o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
quyidagicha qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
-m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki
- lari ) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi:
bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki
bobolari );
orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b)
parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik
qo‘shimchalari qo‘shilganda bir
y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi:
parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi
parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga
-yi shaklida,
xudo, mavzu so‘zlariga esa
-si shaklida qo‘shiladi:
avzoyi, mavzusi kabi (
dohiy kabi