Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy imlo qoidalari



O‘ZBEK TILINING ASOSIY 
IMLO QOIDALARI
(o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha) 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1995-yil 24-avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA 
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini 
joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 
qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi). 
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 
barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish 
yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida 
maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy 
nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar. 
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 
Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin. 
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV 
Toshkent sh., 
1995-yil 24-avgust, 
339-son 


Vazirlar Mahkamasining 1995-yil
24-avgustdagi 339-son qaroriga 
ILOVA
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI 
HARFLAR IMLOSI 
Unlilar imlosi 
1. A a harfi: 
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini 
ifodalash uchun yoziladi; 
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, 
vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi 
2. O o harfi: 
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda 
orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi 
o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi. 
3. I i harfi: 
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, 
biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning 
keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi. 
4. U u harfi: 
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, 
uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi 
bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi 
va yoziladi. 
5. O‘ o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi, bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, 
noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 
6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; 
poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash 
uchun yoziladi. 
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi: 
1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. 
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi; 
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi; 
v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi; 
g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi; 
d) ea: teatr, okean, laureat kabi; 
2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli aytilsa ham, asliga muvofiq 
e yoziladi: aerostat, poema kabi. 
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: 
manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, 
matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar. 



Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin