mikroorganizmlar Ag ni sun'iy sintez qilish orqali;
genii injeneriya usullarida olingan vaksinalar.
Tirik vaksinalar virulentlik xususiyati butunlay pasaytirilgan, lekin immunogenlik xususiyatlari saqlab qolingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi (kuydirgi, brutsellyoz, poliomiyelit, Ku -isitmasi, gripp, qizamiq, parotit va boshqalar). Divergent vaksinalar tirik vaksinalar bo'lib, patogen bakteriyalarga yaqin bo'lgan boshqa avlod mikroorganizmlardan foydalaniladi. Bu bakteriyalarning antigenlari bir-biriga yaqin bo'lib, emlanganda hosil bo'lgan immunitet asosiy yuqumli kasallikdan ham himoya qiladi. Bunday vaksinalarga chinchechak vaksinasi (sigir chechagi virusidan), BSJ (sil qo'zg'atuvchisining qoramol tipidan tayyorlanadi) misol bo'la oladi. Inaktivatsiva qilingan vaksinalar. Hozirgi kunda mikroorganizmlardan turli usullarda tayyorlangan, o'ldirilgan, mikrob metabolitlaridan, alohida antigenlardan, biosintetik va ximiyaviy usullarda olingan vaksinalar qo'llaniladi. Inaktivatsiya qilingan vaksinalarni immunogenlik xususiyati past bo'ladi, shuning uchun vaksinatsiyaning bir necha bor qilishga to'g'ri keladi. Shu bilan bir qatorda, bu vaksinalar tirik vaksinalarga nisbatan xavfsiz hisoblanadi va kamroq asoratlar beradi. Korpuskulyar vaksinalar. Ular bakteriyalarni virulent shtammlaridan o'ldirib (yuqori temperatura) yoki kimyoviy moddalar (masalan, formalin, atseton) ta'sirida tayyorlaniladi. Bunday vaksinalar mikrob va viruslarning to'liq antigen naborini saqlaydi. Hozirgi kunda bakteriyalardan (o'lat) va viruslardan olingan (qutirish) korpuskulyar vaksinalar qo'llaniladi. Komponentli (sub'edinichnie) vaksinalar. Bu ham o'ldirilgan vaksinalarning bir turi bo'lib, mikroorganizmning asosi yoki maxsus immunogen antigen komponentlaridan tayyorlanadi va organizmning kasallikka berilmaslik holatini shakllantiradi. Ularni tayyorlashda ko'plab ximik va fizik usullardan foydalaniladi. Shuning uchun bu vaksinalarni ximiyaviy vaksinalar deb ham ataladi. Hozirgi kunda komponeritli vaksinalar pnevmokokka qarshi (asosilcapsula polisaxaridi), qorin tifiga (О-, H- Vi-Ag), kuydirgiga (polisaxarid va kapsula polipeptidi), grippga (virus neyraminidaza va gemagglyutinin) qarshi ishlab chiqilgan. Gen injeneriya usulda olingan (rekombinant) vaksinalar. Hozirgi kunda bu vaksinalar gen injenerli usulning bir qancha variantlari va yondashuvlari asosida olinadi. Bu usullarga kiradi:
Bakteriya yoki viruslarning yuqori immunogenlikka ega bo'lgan antigen sintezida qatnashuvchi genlarini gen injeneriya usulida olinib, boshqa mikroorganizmlarga kiritish yo'li bilan (masalan, gepatit В virusini HBs-Ag achitqi zamburug'larni genomiga kiritib) olingan vaksinalar.
Virulent immunogen xususiyatini namoyon qiluvchi genlarning avirulent yoki kuchsiz virulent shtammlarga kiritish yo'li bilan (odam uchun patogen bo'lmagan salmonellalarga gepatit В virusini HBs-Ag, qoqshol ekzotoksinini sintezini amalga oshiruvchi genni) olinadi. Boshqa misol, sil qo'zg'atuvchisining genini BSJ vaksina shtammiga kiritish, ya'ni divergent vaksina aktivligini oshirib yuboradi. Bunday vaksinalarni vektorli vaksinalar ham deb ataladi.
Bakteriyalarning virulent xususiyatini namoyon qiluvchi genlarni olib tashlash va bu bakteriyalarning korpuskulyar vaksinalar sifatida qo'llash. Selektiv yo'l bilan virulent genlarni olib tashlash usulida chidamli kuchsizlantirilgan vaksinalarni (qorin tifi, ichburug', vabo, toksigeu ichak tayoqchasi) tayyorlash muammolarini yechib bermoqda.
Sintetik vaksinalar. Usulning mohiyati shundan iboratki, sintetik usulda patogen bakteriyalarni nuklein kislotasi yoki Ag-determinantini namoyon qiluvchi polepeptidlarni sintez qilib olishga asoslangan. Ustunligi o'ta xavfsiz, kamchiligi olingan nuklein kislotasi yoki Ag- determinantini namoyon qiluvchi polepeptidlar kuchsiz immunogen xususiyatga ega. Shuning uchun bunday vaksinalarni qo'llashda ad'yuvantlar ishlatiladi. Bu yo'nalishda keng ilmiy ishlar olib borilmoqda. Molekulyar vaksinalar (anatoksinlar). Bunday preparatlar mikrob metabolitlaridan, ko'proq molekulyar bakterial ekzotoksinlardan formalin ta'sir ettirilib tayyorlaniladi. Ko'proq toksik yuqumli kasalliklarda (qoqshol, botulizm, bo'g'ma, gazli gangrena va stafilakokk) qo'llaniladi. Mono - va polivalent vaksinalar. Ko'pchilik hollarda vaksina yoki anatoksin bitta qo'zg'atuvchiga qarshi qo'llaniladi, monovaktsina (masalan, stafilakokk anatoksini, qizamiq vaksinasi). Agar bir yo'la ikkita qo'zg'atuvchilarga qarshi vaksinalar ishlatilsa, divaksinalar (ADS- vaktsina bo'g'ma va qoqshol anatoksini), undan ortiq vaksinalar qo'llanilsa, trivaksina (AKDS-vaksina ko'kyo'tal bo'g'ma va qoqshol anatoksini) va tetrovaksina (qorin tifi, paratif A va В hamda qoqshol anatoksini) deb nomlanadi va amaliyotda qo'llaniladi.