Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning max
50-rasm. Komplementning faollashuv sxemasi
hosil bo'lgan maxsus (AT+AG) kompleksi aktivlashtirishi mumkin. Komplementning bu aktivlashuvini klassik aktivlashuv deyiladi va organizmning maxsus himoyalanishida qatnashadi, ya'ni bu aktivlashuv organizmga patogen mikroorganizmlarni kirishi, unga qarshi antitelalar hosil bo'lishi bilan bog'liq. Komplementning ikkinchi aktivlashuvi alternativ deb ataladi, chunki komplementning bu aktivlashuvi klassik usulidan keyin kashf qilingan, lekin bu aktivlashuv klassik aktivlashuvdan ancha ilgari shakllangan. Shuning uchun ham ko'plab mikroorganizmlar komplementni AT+AG kompleksi bo'lmasa ham aktivlashtirishi mumkin, bunda ham yuqoridagi aktivlashuv singari bo'ladi, lekin uning intensivligi ancha past bo'lib, birinchi maxsus bo'lmagan himoya omillariga kiradi. Organizm suyuqliklarida lizotsim va komplement moddalardan tashqari. sekretor immunoglobulin A va interferonlar ham bo'lib, mahalliy immunitetni ta'minlashda bu moddalarning ahamiyati katta. Sekretor IgA bakteriya va viruslarga yopishib, ularni epitelial hujayralaming yuza qismiga yopishishini (adgeziyani) kamaytiradi. Organizmda mexanik to'siq vazifasini slgA dan tashqari qo'shuvchi to'qimalar tarkibidagi gialuron va neyramin kislotalari ham bajaradi. Mikroblarning biriktiruvchi to'qima ichiga kirmasligini gialuron kislotasi, ma'lum bir bakteriya va viruslarning hujayra ichiga kirmasligini esa neyramin kislotasi ta'minlaydi. Limfa tugunlari. Teri va shilliq qavat "to'siqlarini" yengib o'tgan mikroorganizmlar limfaga tushadi, limfa tugunlari patogen bakteriyalarni tutib qoladi va halok qiladi. Patogen mikroorganizmlar limfa tugunlariga tushgach, u yerda yallig'lanish jarayoni yuzaga keladi. Bunda to'qimalardan leykotoksin, leykopenik omil, gistamin, serotonin va boshqa moddalar ajraladi, bular leykotsitlarga ta'sir etib, ularning faolligini oshiradi. Leykotsitlar yallig'langan joyda to'planib, mikrobning to'qima, qon va a'zolarga tarqalishiga yo'l qo'ymaydi. Yallig'lanish natijasida gavda harorati ko'tariladi, atsidoz, gipoksiya rivojlanadi, bular ham o'z navbatida, patogen mikroorganizmlarga bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Organizmning maxsus bo'lmagan himoyalanishiga qondagi va to'qimalarda uchrovchi fagotsit hujayralari ham kiradi. Leykotsitar va retikuloendotelial sistemasidagi hujayralaming biologik reaksiyasi tufayli organizmga kirib olgan mikroblar va yot zarralar, yuqorida qayd qilingan hujayralar tomonidan aktiv qamrab olinib, yo'q qilinadi. Bu h'.ijayralarning mikrob va yot zarralarga qarshi organizmda kurashish faoliyatini fagotsitoz hodisasi deb ataladi. I.l.Mechnikov fagotsit hujayralarini ishchanlik faoliyatiga qarab 2 gruppaga bo'lgan: mikrofaglar va makrofaglar. Mikrofaglar yoki granulotsitlar (neytrofillar va eozinofillar) birinchi bo'lib mikroblar kirgan joyda hozir bo'lishadi. Makrofaglarga esa harakatchan monotsitlar, poliblastlar, gistotsitlar va bir joyda turadigan taloqda, limfa tugunlarida, suyak ko'migida, jigarda uchrovchi hujayralar kiradi. Fagotsitoz reaksiyasining bosqichlari: Fagotsit hujayrasini obyektga yaqinlashuvi, musbat xemotaksis, adgeziya - obyektni hujayra retseptorlari bilan tutilishi, hujayra membranasining aktivlanishi, obyektning yutilishi, fagotsit hujayrasida fagosomaning hosil bo'lishi, fagosoma bilan fagotsit hujayrasidagi granulalarning birikishi, obyektning parchalanishi va parchalangan (degradatsiya) obyekt parchalarining hujayradan chiqarib tashlanishi (51-rasm). Fagotsitoz hodisasining tugallangan va tugallanmagan turlari tafovut qilinadi. Tugallangan fagotsitoz hodisasida, fagotsit hujayrasi qamrab olgan mikrobni yoki mayda zarrani butunlay eritib, parchalab yuboradi. Ba'zi bir yuqumli kasalliklarda (so'zak, sil, moxov, leyshmanioz) fagotsitoz tugallanmay qoladi. Bu holatda fagotsitoz qilingan mikroorganizm fagotsit hujayrasi ta'sirida halok bo'lmasdan, balki fagotsit hujayrasida uzoq vaqt ushlanib qolinishi va ko'payishi mumkin.