Immunitet va uning asosiy xususiyatlari va muammolarini - immunologiya fani o'rganadi. Immunitet - individiumning ichki muhiti tarkibini (gomeostaz) doimo bir xilda saqlanishini ta'minlovchi biologik omillari bo'lib, organizmning genetik begona hujayra va yuqumli kasallik agentlariga qarshi himoyalanish xususiyatlariga aytiladi. Immunitetning ko'rinishi ko'p qirrali bo'lib, uning asosiy vazifasi o'zinikidan begonani ajratish hisoblanadi. Immunitet, yuqumli kasalliklarga (infeksionnim), o'smalarga (protivoopuxolevim) qarshi va transplantatsion bo'lishi mumkin. Immunitetning asosiy reaksiyalarini immun sistema keltirib chiqaradi, uning asosida maxsuslik mexanizmlari yotadi. Infeksion immunitet turlari: antibakterial (bakteriyalarga qarshi);
antitoksik (toksinlarga qarshi);
viruslarga qarshi;
zamburug'larga qarshi;
sodda jonivorlarga qarshi (antiprotozoy).
Infeksion immunitet ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin: Steril immunitet (qo'zg'atuvchi organizmda yo'q, lekin unga qarshi immunitet bor).