Imom al-buxoriy



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#118004
1   2   3   4
Imom Al Buxoriy 2 R.X

Nusxasining adadi va istifoda etilishi jihatidan Qurʼoni karimdan keyingi oʻrinda turgan bu asarning shunchalik yuksak darajaga yetganining sababi nima? Islom olamida “as-Sahih”, “al-Jomeʼ as-Sahih”, “Sahihul Buxoriy” nomlari bilan mashhur – ikki dunyo saodatiga eltuvchi yoʻl boʻlgan bu kitobning yozilish tarixiga va uslubiga bir nazar solsak.

Mazkur asarning yozilish sabablaridan biri sifatida, Imom Buxoriyning ustozi, hadis ilmida moʻminlarning amiri Isʼhoq ibn Rohavayhning soʻzlari koʻrsatilgan. Ibrohim ibn Maʼqil Nasafiydan rivoyat qilinadi: Imom Buxoriy: “Isʼhoq ibn Rohavayh bir kuni: “Qaniydi sizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini toʻplab bir asar taʼlif etsangiz”, deb aytdi. Mana shu soʻz mening qalbimga qattiq oʻrnashib qoldi. Natijada “al-Jomeʼ as-sahih” – (“Ishonarli hadislar toʻplami”)ni jamlashga kirishdim”, dedi.

«AL-JOME' AS-SAHIH»

«AL-JOME' AS-SAHIH»

  • Ma’nosi: “Ishonchli to‘plam”.
  • Kitobi ustida 16 yil ishlangan.
  • Unga kiritilgan 7397 hadis 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan.
  • Hadislarni «mingdan ortiq ishonchli ulamodan hadis yozib oldi».

Kitob arab tili bitilgan va 2 kitobdan iborat. O`zbekcha tarjimasi 4 kitobdan iborat.


DIQQAT!
  • Imom al-Buxoriy hayotining so‘nggi yillari Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida kechdi. U 870-yilning 31-avgustida vafot etdi. Qabri o‘sha yerda, hozirgi Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘idadir.

SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDANDIR

Sahoba Ammor aytganlar: «Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lg‘aydir:


barchaga salom bermoq;
  • insofli va adolatli bo‘lmoq;
  • kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq.

YAXSHI MUOMALA QILINMOG‘IGA KIM HAQLIROQ?

  • Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — deb aytdilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» - dedi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh (bu safar): «Otang!» — deb javob qildilar».

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin