2. 18 yoshga to’magan voyaga yetmaganlarning huquqlari haqida
O‗quvchlarning mehnat tarbiyasi, ularni asta-sekin mehnatga jalb etish maqsadida
qonun tomonidan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda
sog‗lig‗iga ziyon yetkazmaydigan va maktabdagi o‗qish jarayoniga xalaqit
bermaydigan yengil mehnatni berish hamda ota-onasidan birining yoki ularning o‗rnini
bosuvchi shaxsning roziligi albatta olinishi shart. So‗nggi shartni shu bilan tushuntirsa
bo‗ladiki, ota-onasi o‗spirinni ishga joylashtirishdan oldin ish sharoitlari bilan
tanishishlari va uning sog‗lig‗iga xavf
aniqlangan taqdirda, kontraktni tuzishdan voz
kechishlari kerak. O‗spirinning o‗zi hayotiy tajribasi yo‗qligi sababli bo‗lajak ishning
mavjud bo‗lgan noma‘qul sharoitlariga e‘tibor bermasligi mumkin .
Mehnat
qonunchiligiga ko‗ra ish vaqti 16 yoshdan 18 yosh gacha bo‗lgan bolalarga haftasiga 36
soatdan, 15 yoshdan 16 yosh gacha bo‗lgan o‗quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan osh
maydi gan qilib belgilanadi
Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari.
Voyaga yetmagan bola o‗z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga
ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning ota- onasi, ota-onasi yo‗ q bo‗Isa,
ota-onasining o‗rnini bosuvchilar,
vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud
tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolaning hayotiyoki sogdigdga xavf tugdlganligidan, uning huquqi
va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bodgan
shaxslar bu haqda bola ayni
paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga madum qilishi shart.
Shunday madumotlami olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar kodishi shart bodadi. Ota-ona o‗z
bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik
shaxslar bilan bodadigan munosabatlarda, shu jumladan,
sudda alohida vakolatlarsiz
ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday ma¬sala hal
qilinayotganda bola o‗z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qan¬day sud
muhokamasi yoki ma‘muriy muhokama davrida so‗zlashga haqlidir.
Har qanday ota-ona o‗z farzandlariga o‗zaro kelishib, vokiyaqin
qarin- dosh-urugdari
maslahati bilan ota-onasining ismiga ko‗ra, yoki o‗zlari xoh- lagan ismni qo‗yishlari
mumkin. Odatda, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar
ota-ona turli familiyalarda bodsa, ular¬ning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki
onasining familiyasi berilishi miimkin. Ota-onaning xohishiga ko‗ra, bolaga milliy
an‘analarga ko‗ra ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‗yicha
familiya berilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: