Include katalogida joylashgan va h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++



Yüklə 320,17 Kb.
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü320,17 Kb.
#144757
1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Dasturlash tillarining tuzilmasi.

C++ tilida o‘zgarmas (cons) – bu fiksirlangan sonni, satrni va belgini ifodalovchi leksema hisoblanadi.
Kompilyator o‘zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko‘rinishi va qiymatiga (turiga) qarab mos guruhlarga bo’ladi.
Butun o‘zgarmaslar: ular quyidagi formatlarda bo’ladi
- o‘nlik son;
- sakkizlik son;
- o‘n oltilik son.
O’nlik o’zgarmas 0 raqamidan farqli raqamdan boshlanuvchi raqamlar ketma-ketligi va 0 hisoblanadi: 0; 123; 7987; 11.
Manfiy o’zgarmas – bu ishorasiz o‘zgarmas bo‘lib, unga faqat ishorani o’zgartirish amali qo‘llanilgan deb hisoblanadi.
Sakkizlik o’ 0 raqamidan boshlanuvchi sakkizlik sanoq sistemasi (0,1,..,7) raqamlaridan tashkil topgan raqamlar ketma-ketligi:
023; 0777; 0.
O‘n oltilik o‘zgarmas 0x yoki 0X belgilaridan boshlanadigan o‘n oltilik sanoq sistemasi raqamlaridan iborat ketma-ketlik hisoblanadi:
0x1A; 0X9F2D; 0x23.
Harf belgilar ixtiyoriy registrlarda berilishi mumkin.
Kompilyator sonning qiymatiga qarab unga mos turni belgilaydi. Agar tilda belgilangan turlar dastur tuzuvchini qanoatlantirmasa, u oshkor ravishda turni ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun butun o‘zgarmas raqamlari oxiriga, probelsiz l yoki L (1ong), u yoki U (unsigned) yoziladi. Zarur hollarda bitta o‘zgarmas uchun bu belgilarning ikkitasini ham ishlatish mumkin: 451u, 012Ul, 0xA2L.
Haqiqiy o‘zgarmaslar: Haqiqiy o‘zgarmaslar – suzuvchi nuqtali son bo‘lib, u ikki xil formatda berilishi mumkin:
 O‘nlik fiksirlangan nuqtali formatda. Bu ko‘rinishda son nuqta orqali ajratilgan butun va kasr qismlar ko‘rinishida bo’ladi. Sonning butun yoki kasr qismi bo‘lmasligi mumkin, lekin nuqta albatta bo‘lishi kerak. Fiksirlangan nuqtali o‘zgarmaslarga misollar: 24.56; 13.0; 66.; .87;
 eksponensial shaklda haqiqiy o‘zgarmas 6 qismdan iborat bo’ladi:

1) butun qismi (o‘nli butun son);


2) o‘nli kasr nuqta belgisi;
3) kasr qismi (o‘nlik ishorasiz o‘zgarmas);
4) eksponenta belgisi ‘e’ yoki ‘E’;
5) o‘n darajasi ko‘rsatkichi (musbat yoki manfiy ishorali o‘nli butun son);
6) qo‘shimcha belgisi (‘F’ yoki f , ‘L’ yoki ‘l’ ).
 Eksponensial shakldagi o‘zgarmas sonlarga misollar:

1E2; 5E+3; .25E4; 31.4E-1.



Yüklə 320,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin