Individual loyiha 1 fanidan loyiha ishi «Bardoshli parollarni generatsiyalash dasturini ishlab chiqish» mavzusida



Yüklə 257,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü257,54 Kb.
#202805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bardoshli parollarni generatsiyalash dasturini ishlab chiqish (1)

1.2
 
Parolga asoslangan autentifikatsiyalash 
Autentifikatsiyaning keng tarqalgan sxemalaridan biri oddiy autentifikatsiyalash 
bo‘lib, u an’anaviy ko‘p martali parollarni ishlatishiga asoslangan. Tarmoqdagi 
foydalanuvchini oddiy autentifikatsiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish 
mumkin. Tarmoqdan foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter 
klaviaturasida o‘zining identifikatori va parolini teradi. Bu ma’lumotlar 
autentifikatsiya serveriga ishlanish uchun tushadi. Autentifikatsiya serverida 


11 
saqlanayotgan foydalanuvchi identifikatori bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan mos 
yozuv topiladi, undan parolni topib foydalanuvchi kiritgan parol bilan taqqoslanadi. 
Agar ular mos kelsa, autentifikatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va 
foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va avtorizatsiya tizimi orqali uning 
maqomi uchun aniqlangan xuquqlarni va tarmoq resurslaridan foydalanishga 
ruxsatni oladi. 
Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash sxemasi 1–rasmda 
keltirilgan. 
Ravshanki, foydalanuvchining parolini shifrlamasdan uzatish orqali 
autentifikatsiyalash varianti xavfsizlikning xatto minimal darajasini kafolatlamaydi. 
Parolni himoyalash uchun uni himoyalanmagan kanal orqali uzatishdan oldin 
shifrlash zarur. Buning uchun sxemaga shifrlash Ye
k
va rasshifrovka qilish D
k
vositalari kiritilgan. 
1.2.1-rasm. Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash 
Bu vositalar bo‘linuvchi maxfiy kalit K orqali boshqariladi. 
Foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish foydalanuvchi yuborgan parol PA bilan 
autentifikatsiya serverida saqlanuvchi dastlabki qiymat PA' ni taqqoslashga 
asoslangan. Agar PA va PA' qiymatlar mos kelsa, parol PA haqiqiy, foydalanuvchi 
A esa qonuniy hisoblanadi. 
Oddiy autentifikatsiyani tashkil etish sxemalari nafaqat parollarni uzatish, 
balki ularni saqlash va tekshirish turlari bilan ajralib turadi. Eng keng tarqalgan usul 


12 
– foydalanuvchilar parolini tizimli fayllarda, ochiq holda saqlash usulidir. Bunda 
fayllarga o‘qish va yozishdan himoyalash atributlari o‘rnatiladi (masalan, operatsion 
tizimdan foydalanishni nazoratlash ruyxatidagi mos imtiyozlarni tavsiflash 
yordamida). Tizim foydalanuvchi kiritgan parolni parollar faylida saqlanayotgan 
yozuv bilan solishtiradi. Bu usulda shifrlash yoki bir tomonlama funksiyalar kabi 
kriptografik mexanizmlar ishlatilmaydi. Ushbu usulning kamchiligi – niyati buzuq 
odamning tizimda ma’mur imtiyozlaridan, shu bilan birga tizim fayllaridan, 
jumladan parol fayllaridan foydalanish imkoniyatidir. 
Ko‘p martali parollarga asoslangan oddiy autentifikatsiyalash tizimining 
bardoshligi past, chunki ularda autentifikatsiyalovchi axborot ma’noli so‘zlarning 
nisbatan katta bo‘lmagan to‘plamidan jamlanadi. Ko‘p martali parollarning ta’sir 
muddati tashkilotning xavfsizligi siyosatida belgilanishi va bunday parollarni 
muntazam ravishda almashtirib turish lozim. Parollarni shunday tanlash lozimki, 
ular lug‘atda bo‘lmasin va ularni topish qiyin bo‘lsin. 
Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda foydalanishga har bir 
so‘rov uchun turli parollar ishlatiladi. Bir martali dinamik parol faqat tizimdan bir 
marta foydalanishga yaroqli. Agar, hatto kimdir uni ushlab qolsa ham parol foyda 
bermaydi. Odatda bir martali parollarga asoslangan autentfikatsiyalash tizimi 
masofadagi foydalanuvchilarni tekshirishda qo‘llaniladi. 
Bir martali parollarni generatsiyalash apparat yoki dasturiy usul oqali amalga 
oshirilishi mumkin. Bir martali parollar asosidagi foydalanishning apparat vositalari 
tashqaridan to‘lov plastik kartochkalariga o‘xshash mikroprotsessor o‘rnatilgan 
miniatyur qurilmalar ko‘rinishda amalga oshiradi. Odatda kalitlar deb ataluvchi 
bunday kartalar klaviaturaga va katta bo‘lmagan displey darchasiga ega. 
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash uchun bir martali parollarni qo‘llashning 
quyidagi usullari ma’lum: 
1. Yagona vaqt tizimiga asoslangan vaqt belgilari mexanizmidan foydalanish. 


13 
2. Legal foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan tasodifiy parollar 
ruyxatidan va ularning ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanish. 
3. Foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan bir xil dastlabki qiymatli 
psevdotasodifiy sonlar generatoridan foydalanish. 
Birinchi usulni amalga oshirish misoli sifatida SecurID autentikatsiyalash 
texnologiyasini ko‘rsatish mumkin. Bu texnologiya Security Dynamics kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qator kompaniyalarning, xususan Cisco Systems 
kompaniyasining serverlarida amalga oshirilgan.
Vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanib autentifikatsiyalash sxemasi tasodifiy 
sonlarni vaqtning ma’lum oralig‘idan so‘ng generatsiyalash algoritmiga asoslangan. 
Autentifikatsiya sxemasi quyidagi ikkita parametrdan foydalanadi: 
• har bir foydalanuvchiga atalgan va autentifikatsiya serverida hamda 
foydalanuvchining apparat kalitida saqlanuvchi noyob 64-bitli sondan iborat maxfiy 
kalit; 
• joriy vaqt qiymati. 
Masofadagi foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida undan 
shaxsiy identifikatsiya nomeri PINni kiritish taklif etiladi. PIN to‘rtta o‘nli raqamdan 
va apparat kaliti displeyida akslanuvchi tasodifiy sonning oltita raqamidan iborat. 
Server foydalanuvchi tomonidan kiritilgan PIN-koddan foydalanib ma’lumotlar 
bazasidagi foydalanuvchining maxfiy kaliti va joriy vaqt qiymati asosida tasodifiy 
sonni generatsiyalash algoritmini bajaradi. So‘ngra server generatsiyalangan son 
bilan foydalanuvchi kiritgan sonni taqqoslaydi. Agar bu sonlar mos kelsa, server 
foydalanuvchiga tizimdan foydalanishga ruxsat beradi. 
Autentifikatsiyaning bu sxemasidan foydalanishda apparat kalit va serverning 
qat’iy vaqtiy sinxronlanishi talab etiladi. Chunki apparat kalit bir necha yil ishlashi 
va demak server ichki soati bilan apparat kalitining muvofiqligi asta-sekin buzilishi 
mumkin. 


14 
Ushbu muammoni hal etishda Security Dynamics kompaniyasi quyidagi ikki 
usuldan foydalanadi: 
• apparat kaliti ishlab chiqilayotganida uning taymer chastotasining me’yoridan 
chetlashishi aniq o‘lchanadi. Chetlashishning bu qiymati server algoritmi parametri 
sifatida hisobga olinadi; 
• server muayyan apparat kalit generatsiyalagan kodlarni kuzatadi va zaruriyat 
tug‘ilganida ushbu kalitga moslashadi. 
Autentifikatsiyaning bu sxemasi bilan bir muammo bog‘liq. Apparat kalit 
generatsiyalagan tasodifiy son katta bo‘lmagan vaqt oralig‘i mobaynida haqiqiy 
parol hisoblanadi. Shu sababli, umuman, qisqa muddatli vaziyat sodir bo‘lishi 
mumkinki, xaker PIN-kodni ushlab qolishi va uni tarmoqdan foydalanishga 
ishlatishi mumkin. Bu vaqt sinxronizatsiyasiga asoslangan autentifikatsiya 
sxemasining eng zaif joyi hisoblanadi. 
Foydalanuvchilarni 
biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash 
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, 
xulqining 
xususiyatlarini 
o‘lchash 
orqali 
foydalanuvchini 
ishonchli 
autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng 
tarqalmoqda. 
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga ega: 
- biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik 
darajasi yuqori; 
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; - biometrik 
alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. 
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar 
quyidagilar: barmoq izlari; 
• qo‘l panjasining geometrik shakli; 


15 
• yuzning shakli va o‘lchamlari; ovoz xususiyatlari; ko‘z yoyi va to‘r pardasining 
naqshi. 
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita 
parametr orqali xarakterlanadi: 
• xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false- reject rate); xatolik tasdiqlar 
koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate). 
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo 
bo‘ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq 
tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP 
qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). 
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining 
har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik 
tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, 
biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. 
Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar 
koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga erishiladi. 
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi 
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq 
izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar 
sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday 
tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo‘yicha katta 
ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan 
politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. 
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval 
foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida 
skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan 
biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, 


16 
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar 
bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar 
bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi. 
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy 
qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi 
kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab 
chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga 
e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan 
autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi. 
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini 
olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi 
vositalardan foydalanadilar. 
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri 
qismlarining sig‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining 
daktiloskopik qurilmasi yarimo‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini 
aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu 
asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (2- 
rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti 
do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini 
o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq 
izi tasviri olinadi. 
1.2.2-rasm. Sensor ishlashining prinsipi 


17 
Integral 
sxema 
asosidagi sensorli 
tekshirishda AuthenTec 
kompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. 
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–kalitlar 
bilan kombinatsiyalaydilar. 
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari 
va yuqori bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. 
Ularni kalitlar uchun breloklarga o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi 
kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan 
himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo‘ladi. 
Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. 
Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi 
va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, 
Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 
90 dan ortiq o‘lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 
9-xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki 
markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini 
skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi sababli 
tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va 
shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) 
uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti ya’ni inkor 
etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik. 
Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar. 
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat 
zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarida 
masofadagi 
foydalanuvchi 
sub’ektni 
identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa 


18 
biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda 
shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab 
xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab 
chiqaruvchilar 
foydalanuvchini 
identifikatsiyalashda 
hususiy 
matematik 
algoritmlardan foydalanadilar. 
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini 
skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga 
oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi 
mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash 
usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera 
yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali. 
Ta’kidlash 
lozimki, 
yuz 
tuzilishini 
aniqlash 
texnologiyasi 
yanada 
takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar 
quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik 
o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga 
ta’sir etadi. Yuz holatining 450 ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib 
keladi. 
Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari 
Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni 
ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan 
mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash 
tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush 
chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan 
farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni 
aniqlash texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini 
tasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan 
gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik 
holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon 
apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi 


19 
shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz 
tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda 
amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimi Bu 
tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin: 
- ko‘z yoyi rasmidan foydalanish; 
- ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish. 
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z tubi 
qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu 
vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va 
mudofaa ob’ektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi. 
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini 
soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi 
qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni 
eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali 
autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni 
integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali 
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon 
beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng 
tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. 
Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki 
axborot tizimining buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, 
noutbuklar dasturiy bog‘lanish (mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar 
yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu 
muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari 
datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida 
axborotdan foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - 


20 
ro‘yxatga olish, ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni 
deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi. 
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni 
modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul 
axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. 
So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet 
orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin. 

Yüklə 257,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin