Individual loyiha



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix05.11.2022
ölçüsü219,94 Kb.
#67579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Individual loyiha

Foydalanilayotgan ta`lim vositalarining avtomatlashtirilgan darajasi asosida ularni ikki
turga ajratish mumkin: 
- avtomatlashtirilmagan (keys-texnologiyani foydalaniladigan) MO`. Bu yerda o`qitish
vositalari chop etilgan nashrlar-qog`oz tashuvchilardagi qattiq nushalar (darsliklar, o`quv-uslubiy
qo`llanmalar, ma`lumotnomalar va hokazo)ni ifodalaydilar; 
- avtomatlashtirilgan MO`. Uni shartli ravishda televizion, kompyuterli, tarmoqli turlarga
ajratish mumkin. 
Keltirilgan sinflarga ajratish faqat MO` tizimining asosiy guruhlarinigina qamrab oladi.
Ko`pchilik zamonaviy MO` tizimlari vositalarning birlashmasi: keys-, TV-, kompyuterli va
tarmoqli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. 
MO`ni amalga oshirishning asosiy muammosi. MO` katta rivojlanish davriga o`tayapti. 
Atamalarning o`girib turishi (MO` ning ta`rifini ko`pligi buning tasdiqlaridan biridir) MO`
ninng dolzarb muammolarini fikrlash jarayonini mo`maygina og`irlashtiradi. Buning ustiga,
boshqalari ular doirasida shakllanadigan tayanch atamalar aniq. Bular: 
- boshqaruv
- ta`lim xizmatlarini tavsiya etadigan xodimlarni shakllantirish; 


- mijozlarni shakllantirish; 
- uslubiy ta`minot; 
- texnik (apparatli va dasturiy) ta`minot; 
- xuquqiy ta`minot; 
- ijtimoiy-psixologik muammolardir. 
Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari
Masofali o`qitish (MO`) - axborot-kommunikasion texnologiya (kompyuterlar,
telekommunikasiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o`qitish usullarini qo`llab ta`lim
(kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O`qitishni bu shakli o`quvchilarga mos ta`lim predmetini
erkin tanlash, o`qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta`minlaydigan an`anaviy, yangi axborot
va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o`qitish jarayoni o`quvchining qaerdaligi va
vaqtga bog`liq bo`lmagan holda amalga oshiriladi. O`quvchi o`quv muassasasiga qatnamay,
o`qituvchi yoki o`quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib
o`qish imkoniyatiga ega. 
Masofali ta`lim (distant education) - axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan
turib ta`lim muxiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini
olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.
Masofali ta`lim - masofali o`qitish orqali amalga oshiriladigan ta`lim. 
Masofali o`qitish - o`rganayotgan materialning asosiy hajmini o`quvchilarga yetkazish,
o`quv jarayonida talaba va o`qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o`rganayotgan
materiallarni o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o`qish mobaynida olgan
bilim va ko`nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig`indisi. 
Masofali o`qitish - o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan barcha komponentlar (maqsad,
mazmun, metod, tashkiliy shakl, o`qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus
vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko`zda tutgan o`qituvchi va
o`quvchilarning masofadan turib o`zaro aloqa qilishi. 


Masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar
jaxondagi ixtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi
professor-o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarga
uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. 
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq
ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv -
uslusbiy ta`minotning rang barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy
nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi. 
Masofali o`qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- dastlabki tashkiliy ishlar (an`anaviy tartibda o`tkazish ham mumkin). Bu o`z ichiga
guruxni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang`ich bilimlarini aniqlash uchun
mo`ljallangan (kirish) testidan o`tkazish, kirish darslari tashkil etish, o`qish uchun zarur bo`lgan
o`quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi; 
- tinglovchilarga elektron ma`ruza va qo`llanmalarni uzatish; 
- tinglovchilarni tyutor - maslahatchi bilan yozishmasi; 
- professor - o`qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi. 
Bu o`z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko`rinishidagi seminarlar,
elektron testdan o`tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog`i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio
qo`llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini
oladi; 
- tinglovchilarni mustaqil ishlashi; 
- joriy nazorat (imtihon), bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish, tinglovchilarga
diplom yoki seritifikatni taqdim etish; 
- turli ko`rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o`quv muassasasi bo`yicha yoki
global tarmoqli) lar. 
Masofali o`kitish tizimining xarakatchanlik xususiyati o`kuv auditoriyalarini tashkil etish va
nazorat qilish, o`kuv - metodik qo`llanma va elektron kutubxonalarning jamg`armalarini,
kompyuter tarmoqlarining global va mahalliy hisoblash ashyolarini foydalanish, tyutor - konsultant
va o`qituvchilarni tayyorlash kabi ta`lim ashyolarini samarali foydalanishni rejalashtirish
muamolarini keltirib chiqaradi. 
Tinglovchilarni masofali o`qitish uchun: 
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish
imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali o`qitish tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun
sarflanadigan mablag`; ta`limning alohida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini
taxlil qilish; 


- tinglovchilarning yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish
uslublarini, ajratish; 
- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar
ishlab chiqish; 
- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio - va vidio kurslar, kompyuterli
o`qitish dasturlari, telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;
- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash; 
- o`quv jaraenida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida
fodalanishni taxlil qilish va aniqlash; 
- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash
va me`erga keltirish; 
- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchilarni aniqlash
kabi muammolarni hal qilish kerak. 

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin