Individual loyiha



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix05.11.2022
ölçüsü219,94 Kb.
#67579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Individual loyiha

Uchinchidan, Internet Web-tuguni (sayti) to`la hajmda ochiq ta`lim tizimidagi o`quv
markazining vazifasini bajaradi. O`quvchi uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlar ushbu saytda
joylashgan. Masofali o`quv kurslarining o`zlari to`laqonli sifatdagi ta`limga zarur o`quv
materiallarning o`ziga hos kutubxonasini tashkil etadi. Bundan tashqari, tinglovchilar Internet
orqali virtual kutubxonaning o`qish uchun eng zarur bo`lgan ashyolariga kirish imkoniyatiga ega
bo`ladilar.
Shuni ta`kidlash kerakki, virtual muxit tinglovchilarga kunduzgi o`qish shaklidagiga
qaraganda ancha ko`proq vizual axborot (matnli, illyustrasiyali, video, audio) berish imkoniyatina
ega.
Internet Web-tugun uzeli tinglovchilar uchun har doim-kunning ixtiyoriy soati va haftaning
ihtiyoriy kunida ochiq bo`lgan, Internetga ulangan kompyuteri bo`lgan ixtiyoriy joy (fakultet, uy,
ishxona) dan kirish mumkin bo`lgan o`ziga hos sinf xonasidan iborat bo`ladi. Bundan tashqari,
Internet Web-tugun-dam olish uchun xona, pochta aloqa bo`limi, jadvalni ochish uchun e`lon
taxtasi va zachet va imtihonlarni qisman o`tkazish joydan iborat. 
Internet Web-tugun tinglovchilarga Internetning o`quv va axborot ashyolari haqida
ma`lumotlarni taqdim etadi, global axborot tarmog`ining o`quv koinotiga oynadan iborat bo`ladi.
Tyutor, o`qituvchilar va boshqa tinglovchilar bilan aloqa saytda yaratilgan o`quv-ta`lim
muxitida elektron pochta, munozarali forumlar va chat-tizimlar vositalari orqali amalga oshiriladi.
Internetning interfaol imkoniyatlari ta`limning jamoaviy uslublari ta`minlaydilar. Tinglovchi
eletron forum yoki jo`natmalar ro`yhati orqali hamkasblariga ma`lumot yuborishlari mumkin, yoki
o`quv loyixa ustida bajariladigan jamoaviy ishlar asboblaridan foydalanishlari mumkin. 
Tinglovchilar, darslarga majburiy qatnashishlaridan ozod bo`lganlaridan so`ng, ular turli
geografik xududlardan ma`lumotlar yoki interfaol muhokamalar bildan almshishlari mumkin. 
O`qituvchi uchun faqat real vaqtda amalga oshayotganlarni rejalashtirish va mulohazalarni
jo`natish qoladi. 
Kompyuterli ta`lim. Masofali o`qitishning muhim elementlaridan biri kompyuterli
o`rgatuvchi dasturlaridan foydalanib o`qitishdir. Kompyuterli o`qitish 60 yillardan e`tiboran
boshlangan. 
Talaba(tinglovchi)lar faqat matn tartibidagina ishlashni bilishiga qaramay, o`quv
jarayonining samaradorligi ko`tarilgan.Talaba o`quv materialni yaxshiroq esda qoldirgan, o`quv


jarayoni tezlashgan. Multimedia vosita(matn, grafika, animasiya, tovush)larini ishlab chiqish
ta`limni samaradorligini yetarlicha ko`tardi. 
Masofali o`quv kurs (MO`K) bir o`quv predmetini o`rganish uchun zarur bo`lgan o`quv
materiallarining o`ziga yetarli majmuidir. 
Masofali kurs bu:

etarlicha hajmdagi matn, rangli tasvir va grafiklar, animasiyalar, audio-video-
lavhalarga ega bo`lgan ma`ruzalar multimedia kursi; 

tinglovchilarni tarmoqli o`qitish va nazorat qiluvchi testlash va bilimlarini bir onda
baholash; 

tinglovchilarni o`quv vazifalarni bajarishning joriy grafigi haqida avtomatik
ma`lum qilish; 

aniq mavzu bo`yicha jahon axborot manbalariga ega bo`lgan saytlarga
murojaatlarni ifodalaydi. 
O`qituvchi va tinglovchilar bilan faol muloqot. Masofali o`qitishning asosiy elementlaridan
biri tinglovchilarning o`qituvchi va boshqa tinglovchilarlar bilan faol muloqot qilishidir. Bu
jarayon:

elektron pochta; 

jo`natmalar ro`yhati; 

munozarali forumlar; 

chat-tizimlar; 

on-laynli seminar va munozaralar; 

teleanjumanlarni foydalanib amalga oshiriladi. 
Masofali o`qitishdagi muloqot shakllarining xususiyati o`qituvchining o`quv jarayonidagi
roliga ta`sir qiladi: u tinglovchini boshqa shakllardagiga qaraganda ko`proq o`quv jarayonida faqat
yo`naltiruvchisi bo`lgan ko`makchi, o`rgatuvchi va rahbar bo`ladi. O`qituvchining monologi
ko`proq birini tajribasi ko`proq bo`lgan ikki hamkasbning muloqoti(dialogi)ga aylanadi. 
Shuni ta`kidlash kerakki, masofali o`qitishda matn, grafik, vidielavhalar, nazorat, va shu
kabi ko`rinishda keltirilgan dasturlarga on-laynli (to`g`ridan-to`g`ri) kirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
O`qituvchi tomonidan yaratilgan masofali o`quv kursining o`quv materiallari o`qituvchining
tinglovchiga murojat qilish shakllaridan iborat An`anaviy sirtqi shakldan farqli ravishda, masofali
o`qitish tinglovchini shaxsan nazorat ishlarini topshirish va himoya qilishdek yetarlicha mashaqqatli
vazifasidan ozod etadi. 


Masofali o`qituvchiga E-mail orqali doim chiqish mumkin va u tinglovchida hosil bo`lgan
savollarga javob berishga tayyor. Yangi ming yillika ta`limning yangi va eng zamonaviy
texnologiyalari bilan Internet tarmog`idan o`quv-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik
imkoniyatlari:

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin