205
Chayldning fiziologik qarashlari Shpemanning morfologik tadqiqotlariga zid
kelmaydi. Biokimyoviy tadqiqotlar ham Chayldning gradient nazaryasini asosan
tasdiqlaydi. Masalan ,gradient amfibiyalarda gastrulla bosqichida har bir qismining
nafas olishini boshqaradi. Nafas olishning maksimal intensivligi blastopor labining
dorsal sohasida , ya‘ni Shpeman bo‘yicha ,tashkiliy markazda, Chayld bo‘yicha
,dominand sohada kuzatiladi.
P.P.Ivanov (1949) aniqlashicha, amfibiyalarda gastrulyasiyaning boshida
uglevodlar sarfi oshgan. Uglevod almashinuvi embrionning elka tomonida qorin
tomoniga nisbatan ko‘proq sarf bo‘lgan. Oqsil va RNK sintezi maydalanish
davrida sodir bo‘lmaydi, gastrulyasiya boshlanishi bilan bu moddalar sintezi ham
boshlanadi. Ribonukleoproteid sintezi sariqlik moddasi hisobidan tuxumning
dorsal tomonida sintezlanadi va dorsoventral gradient paydo bo‘ladi. Urug‘langan
tuxumda RNK ning animal –vegetativ gradientini topish mumkin . Gastrulyasiya
davrida bu gradientga yangi RNK sintezi tufayli dorsoventral gradient ham
qo‘shiladi. Kimyoviy va izikaviy omillar bilan gradientni buzishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: