Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrional rivojlanish va ichki muhit



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Embrional rivojlanish va ichki muhit 
 
Organizmning ichki muhitiga qon, limfa va hujayralararo suyuqlik kiradi. 
Embrionning ichki muhiti ham uning bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun 
embrionning bir qismini boshqa qismi uchun muhim ahamiyatga ega ,deb qarash 
kerak. Keyingi paytlargacha embriologiyada embrion rivojlanish davrida hosil 
bo‘lgan suyuqliklarga katta etibor berilmas edi. Amfibiyalar rivojlanishining 
sakkizta blastomerlik davrida bo‘shliq va unda suyuqlik hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliq 
va suyuqlik keyingi rivojlanish uchun qanday ahamiyatga ega? Blastula ,gastrula, 
perivitellin suyuqliklari qanday ahamiyatga ega? Sut emizuvchilarning 
blastodermik xaltasi suyuqligining tarkibi va ahamiyati nimalardan iborat? Tuxum 
yo‘li va bachadon suyuqligi sut emizuvchilar tuxumining implantatsiyasigacha 
qanday ahamiyatga ega? Yaqin vaqtlargacha hayvonlar embrioni rivojlanishda 
sodir bo‘ladigan bunday hodisalar tadqiqotchilarni qiziqtirmadi. Hatto sut 
emizuvchilar va odam embrioni amnion suyuqligini tibbiyot va veterenariyadagi 
amaliy ahamiyati noma;lum bo‘lib qolaverdi. Ichki muhitning embrion 
rivojlanishi uchun ahamyati o‘rganilmaganligini quyidagi malumotlardan xam 
bilsa bo‘ladi.
Ba‘zi embriologlar embrion rivojlanishida ichki muhitning ahamiyatini inkor 
etsa, ba‘zilari bu sohada nazariyalar yaratdilar. Shulardan belgiyalik olim 
A.M.Dalk (1953) trofik epigenez nazariyasini yaratdi. Dalk fikricha ,oosit atrofida 
qon tomirlarining br hil tarqalganligi tufayli tuxumning polyarligi, bilaterial 
simmetriyaligi kelb chiqqan. Har bir murtakning didfferensiasiyasi va o‘sish 
xususyatlari ularni o‘rab turgan to‘qimaning va skulyarizasiyasi bilan aniqlanadi. 
Qon tomirlarining tarmoqlanishi oxiriga yetguncha embrionning har xil qismi qon 
bilan har xil ta‘minlanadi. Shunga ko‘ra, embrionning har xil qismi turli trofik 
sharoitda bo‘ladi. L.Dalk tuxumdan organlaqrning hosil bo‘ladigan qismlarini tan 
olmaydi. Gavdaning har xil qismining biokimyoviy xususyatlari qon aylanishi 
bilan bog‘liq.
P.P.Ivanov ichki muhitga katta e‘tibor berdi. Uning fikricha ,amfibiyalarda 
gastrulyasiyasining normal o‘tishi blastoseldagi suyuqlikning tarkibigaq bog‘liq 
amfibiyalarda blastulaning ko‘p qavatlibosqichida turl hujayralar har xil muhitga 
ega bo‘ladi. Animal qutbdagi bir qism hujayralar bevosita tashqi muhiot bilan 
aloqada bo‘ladi. Ularning teri va nerv sistemasi paydo bo‘ladi. Hujayralarning bir 
qismi ichki muhit bosimi ostida bo‘ladi. 
Gastrulyasiya jarayonida turli hujayralarb uchun turlicha sharoit paydo 
bo‘ladi. Ularning bir qismi tashqi muhit bilan, bir qismi gastrosel bilan bog‘lanadi. 
Bu hujayralar ektodermani hosil qiladi. Bir qism hujayralar tashqi muhit bilan 
bog‘lanmaydi. Bu hujayralardan mezoderma va jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. 
Shunday qilib, rivojlanishning dastlabki davridan boshlab tashqi va ichki (blastosel 


215 
suyuqligi )muhit paydo bo‘ladi. Gastrulla bosqichida ektoderma va endoderma 
hujayralari o‘rtasida biokimyoviy farqlar paydo bo‘ladi. Bu hujayralar tashqi muhit 
omillariga har xil javob beradi. Masalan, baqaning gastrulla dav rida endoderma 
ektodermaga nisbatan kislotali muhitga ega bo‘ladi. Gastrulyasiya jarayoni uchun 
tashqi ichkin muhit turlicha bo‘lishi lozim. Tashqi epitely hujayralarning to‘g‘ri 
differensiyasi va o‘sishi uchun ular har ikki yassi tomonidan bir hil bo‘lmagan 
suyuqlik bilan o‘rab turilishi lozim, ya‘ni, bir tomondan, ichki muhit suyuqligi 
bilan chegaralanadi. 
P.P.Ivanov (1939) qon plazmasiga Rana temperariya va Trirutus taeniatus 
tuxumini blastula, gastrula, neyrula, bosqichlarining po‘stini olib tashlangan holda 
kiritgan. Shunday qilib, ichki va tashaqi muhit farqini buzgan. Qon plazmasi 
tarkibi bo‘yicha embrionning ichki muhitiga to‘g‘ri keladi. Natrija agar embrionni 
gastrulyasiya bosqichigacha tajriba o'tkazilgan bo'lsa, rivojlanish davom etmaydi. 
Agar gastrula bosqichida tajriba o‘tkazilsa, rivojlanish davom etadi va normal 
organlar shakllanadi. Baqaning blastula davrida blastomerlari qon plzmasiga 
ko‘chirib o‘tkazilsa, ular faol harakatlanadi, shakli amyobga o‘xshab o‘zgaradi, 
blastula ichida harakatlanadi, tartibsiz aralashadi. Demak, gastrulyasiya davrida 
hujayralar haratati o‘zgaradi. 
Agar baqa tuxumini maydalanish yoki blastula davrida qon plazmasiga 
o‘tkazilsa, blastomerlar zich to‘planib, blastoselni yo‘qotadi. Qon plazmasi 
ektodermal hujayralarning normal joylashuv tartibini o‘zgartiradi, ular 
epitelialsimon tartibda, ya‘ni bir tomoni ichki, ikkinchi tomoni tashqi muhitga 
tegib turadi. Hujayralar differensiasiyasi va polyarligi mezenximani olib tashlash 
tufayli sodir bo‘ladi. Shakl hosil bo‘lishiuchun zarur sharoit yo‘qolad. Shundan 
keyin hujayralar polyarligini yo‘qotadi, pigmentlar protoplzmada tarqalib 
yo‘qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin