Partenogenez (meyoz va ginogenez)
Geterogametali jins:
Erkak gametalar X, diploid Xx urg‘ochi
X, diploid Xxurg‘ochi
Urg‘ochi gametalar Z, diploid ZZ erkak
W, diploid WW Ietal
Partenogenez (ameyoz) (xromosoma qisqarmaydi)
Geterogametali jins:
Urg‘ochigametalar WZ, diploidsiz WZ urg‘ochi
Androgenez
Geterogametali jins:
Erkakgametalar X, diploid XX urg‘ochi
Y, diploid YY letal
Urg‘ochi Z, diploid ZZ erkak
W, diploid WW Ietal
93
REYTING SAVOllARI
1. Urug‘lanish nima? Urug‘lanish va urchishning farqini ayting.
2. Urug‘lanishning qanday turlari bor?
3. Mono va polispermiya hodisalarini tushuntiring.
4. Jinsiy hujayralarning o‘saro aloqasini tushuntiring
5. Spermatozoidnnig tuxum ichiga kirishi qanday sodir bo‘ladi?
6. Urug‘lanish qobig‘i nima?
7. Sun‘iy unig‘latish va uning amaliy ahamiyatini ayting.
8. Ooplazmatile segregasiya nima?
9.Jinsni aniqlash mexanizmini ayting.
10. Embrion jinsini gormonal o‘zgartirish mumkinmi?
11.
Kastrasiya va uning ahamiyatini aytnig?
12. Urug‘lanish haqidagi J.Lyob va ye. Batayon nazariyalarini aytib bering.
IV-BOB. BO’LINISH YOKI MAYDALANISH
Urug‘lanishdan ma‘lum vaqt o
‘
tgandan keyin zigotaning bo‘linishi
maydalanish yoki bo‘linish deb ataladi. Bu jarayon zigotaning ko‘p hujayrali
embrionga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Maydalanish mexanizmlari qadimdan o‘zganilib kelinmoqda. Maydalanish
natijada hosil bo‘lgan hujayralarni ba‘zi olimlar bo‘shliq deb atagan bo‘lsa,
Malpigi xaltacha, K. F. Volf pulakchadan iborat deb bilgan. l. Oken tuban
hayvonlar infuzoriyalardan tuzilgan, deb taxmin qilgan.
1803 yilda D. J
Link o‘simlikni qaynatib, P. Meldegaver o‘simlikni
chiritish (moserasiya) yo‘li bilan hujayralarini ajratib olgan. 1842 yil K. Negeli
hujayra bo‘linishi uchun uning yadrosi bo‘lishi shartligini aniqlagan. M.
Ruskoni(1826) va K. M. Ber(I834) hayvon tuxum hujayrasining bo‘linishini
aniqladi.1846 yildaK.M.Ber dengiz tipratikanida, 1850 yilda N.A.Vorsek
mollyuskalarda urug‘langan tuxum hujayraning yadrosidan blastomerlarning
yadrosi paydo bo‘lishini aniqlagan. E. Strasburger (1875) hayvon va o‘simlik
hujayralarining bo‘linishi bir xil bo‘lishini aniqlagan.
XIX asning 70-yillarida barcha olimlar oldida hujayra bo‘linishdan tashqari
yana qanday yollar bilan paydo bo‘lish mumkinligini aniqlash haqidagi savol
turgan edi. E. Strasburger "Hujayraning bo‘linishi va paydo bo‘lishi" nomli
kitobida hujayraning bo‘linmay erkin holatda kelib chiqishini gulli o‘simliklar
gulidagi embrion pufakchasida ko‘rish mumkunligini aytgan. lekin 1879 yilda
Strasburger erkin holatda hujayra kelib chiqishini qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zining
oldingi fikraridan qaytdi. Erkin holatda hujayra paydo bo‘lmaydi, balki bo‘linish
natijasida bir-biridan paydo bo‘ladi. Shunday qilib, hujayraning bo‘linish tarixi
butun o‘simlik va hayvonot olami tarixiga teng.
94
Har qanday hujayraning hayoti ota-ona belgilari bilan ta‘minlangan holda
boshlanadi va ma‘lum vaqtdan keyin bu hujayraning hayoti nihoyasiga yetib, yangi
ikkita hujayraga bo‘linadi. Bu jarayon normal holatlarda to‘xtovsiz davom etadi.
Bo‘linishning asosiy vazifasi zigota organoidlarining ikki hissa ortishi, qiz
hujayralarga bu qismlarning teng taqsimlanishidir. Bu jarayonnnig eng muhim
xususiyati shundaki, genetik axborotni tashiydigan molekulalarni yangi
hujayralarga to‘la va teng o‘tkazish hamda taqsimlashdan iborat. Bu vazifalarni
boshqaradigan nuklein kislotalar - DNK va RNK ning aniqlanishi hozirgi zamon
biologiya fannining ulkan yutuqlaridan biridir.
45-rasm. Maydalanish tiplari(V.G.Eliseeb,1983 bo‘yicha).
I-lansetnik tuxumining to‘la va teng maydalanishi; A-E-2,4,8,16 va blastomerli
bosqich; II-minoga tuxumining to‘la,notekis maydalanish; A-G-maydalanish
bosqichlari; D-blastula: III-tovuq tuxumining diskodial maydalanish; A,B,V-
maydalanish bosqichlari.
Urug‘lanish natijada hosil bo‘lgan zigota oldin ikki blastomerga ular 4 taga,
8 taga, 16 taga, 32 taga, 64 taga va hokazo bo‘linib ketaveradi (45-rasm). Zigota
yirik hujayra bo‘lsa, undan hosil bo‘ladigan blastomerlar o‘sishga ulgurmasdan
borgan sari kichiklashib, normallashib boraveradi. Shunday qilib, oogenez davrida
95
buzilgan yadro-sitoplazma nisbati yana tiklanadi, ya‘ni sitoplazma ko‘paymaydi,
DNK har bir mitoz bo‘linishda ikki hissa ortadi jumladan, dengiz tipratikani
oositida yadro-sitoplazma nisbati o‘sishgacha 1Gl6, yetilgan oositda 1Gl550,
siklop oositida o‘sishgacha 1G115, yetilgan oositda 1G11260 nisbatda bo‘ladi.
Demak, oosit dengiz tipratikanida 91 marta, siklopda 84 marta kattalashgan.
Bunday kattalashish uchun oosit 6-7 marta bo‘linishi lozim. Zigotani
maydalanishga majbur etuvchi omillardan biri yadro - sitoplazma nisbatining teng
emasligi hisoblanadi.
Bo‘linish yoki maydalanish natijada hosil bo‘lgan hujayralar blastomerlar deb
ataladi. Blastomer grekcha blast - kurtak, meros – bo‘lak, qism degan ma‘noni
bildiradi. Blastomerlarning to‘plami blastodisk deyiladi. Blastomerlarni biridan
ikkinchisini ajratuvchi chiziq bo‘linish egatlari yoki maydalanish egatlari deb
ataladi. Ular har xil yo‘nalgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, animal qutbdan vegetativ
qutbga qarab o‘tuvchi meridional, ekvator bo‘ylab o‘tuvchi ekvatorial, ekvatorga
parallel o‘tuvchi tangensial egatlar farqlanadi.
Bo‘linish egatlari hujayraning kiritmalardan holi bo‘lgan qismida
joylashuvchi va sof plazmada joylashgan bo‘linish urchug‘ining holati bilan
belgilanadi (46-rasm).
46-rasm. Yumaloq chuvalchanglar tuhumining maydalanishida birinchi
bo‘linish durining hosil bo‘lishi (P.P.Ivanov, 1937 bo‘yicha).
A-pronukleualarning yaqinlashishi; B-bo‘linish duki.
Shuningdek, bo‘linish egatlarining hosil bo‘lish tezligi tuxumdagi sariqlik
miqdoriga teskari proporsionaldir.
Maydalanish davrida eng muhum jarayonlardan biri maydalanish
Chizig‘ining hosil bo‘lishidir. K. Kavamuraning kuzatishicha, hujayraning mitoz
apparatini markazdan biror tomonga siljitilsa yoki uni 90° ga burilsa, maydalanish
chizig‘ining o‘rni ham shunga qarab o‘zgaradi.
I. Xiromoto dengiz tipratikanining tuxumidan mitotik apparatning
mikromonipulyator - tomizgich orqali ajratib olishga erishdi.Agar mitotik apparat
96
hujayra bo‘linishidan oldin ajratib ojinsa, bo‘linish sodir bo‘lmaydi. Agar bo‘linish
boshlangandan keyin mitotik apparat hujayradan ajratib olinsa ham bo‘linish sodir
bo‘ladi (47-rasm).
Hujayrani ma‘lum miqdorda ushlab turish vazifasnii yadro bajaradi. Agar
hujayraning ma‘lum qismi kesib ojinsa, u o‘sib, oldingi holati tiklanadi. Agar
hujayrada mitoz sodir bo‘lib, lekin hujayra bo‘linmasa, ya‘ni endomitoz sodir
bo‘lsa, bu hujayra ikki barobar katta bo‘lishi mumkin (D. Meziya, 1966).
Hujayradagi yadrolar mitoz orqali urug‘langan tuxumdan paydo bo‘ladi. Shunga
ko‘ra, ularning kattaligi hamma hujayralarda bir xil bo‘ladi. lekin organizmda har
xil kattalikdagi hujayralar uchraydi. Hujayradagi xromosomalar soni uning
kattaligiga mos bo‘lishi kerak. Organizmda eng katta hujayralar so‘lak bezinnig
hujayralari bo‘lib, ularda DNK 500-1000 ta to‘plam hosil qiladi.
Xromosomalarning faolligi hujayraning yoshiga va tipiga bog‘liq.
47-rasm. Bo‘linish dukining yon va animal qutbdan ko‘rinishi (B.P.Tokin, 1987
bo‘yicha)
A,A
1
-birinchi
maydalanish;
B,B
1
-ikkinchi
maydalanish;
V,V
1
-uchinchi
maydalanish; G,G
1
-uchunchi maydalanishdan keyin blastomerlarning joylashishi.
Dostları ilə paylaş: |