Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Maydalanish turlari 
Bo‘linish yoki maydalanish ikki xilda bo‘ladi: 
1. To‘la maydalanish. 
2. To‘la bo‘lmagan maydalanish. 
To‘la maydalanish ham ikki xilda sodir bo‘ladi: 
A. To‘la, teng maydalanish. Agar tuxumning sariqligi oz va u hamma qismiga bir 
xil tarqalgan bo‘lsa, maydalanish egan butun tuxum bo‘ylab o‘tadi va hosil bo‘lgan 


97 
blastomerlar bir-biriga teng bo‘ladi. lansetnikniug gomolesital tipda tuzilgan 
tuxumlari shunday maydalanadi (48-49-rasmlar). 
48-rasm. Tuxum hujayraning sariqlik miqdori va sitoplazmada tarqalishiga ko‘ra 
tiplari (B.P.Tokin, 1983 bo‘yicha). 
A-alesital tuxum; B-gomolesital (izolesital) tuxum; V-telolesital tuxum; G-
sentrolesital tuhum. 
49-rasm. Sitoplazmasida sariqlik moddasi kam bo‘lgan tuxumlar maydalanishi 
bosqichlarining ketma ketligi (B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 


98 
V. To‘la, Iekin notekis maydalanish. Agar sariqlik moddasi tuxumda notekis (bir 
qutbda oz, ikknichisida ko‘p) tarqalgan bo‘lsa, maydalanish natijada o‘saro teng 
bo‘lmagan blastomerlar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik blastomer mikromer, 
kattasi esa makromer deb ataladi. Bunday maydalanish sariqligi o‘rtacha miqdorda 
bo‘lgan telolesital tipdagi amfibiyalarning tuxumida kuzatiladi. Masalan, baqalar 
tuxumining vegetativ qutbida sariqlik ko‘p, animal qutbida esa kam bo‘ladi. 
Shuning uchun ham hosil bo‘layotgan blastomerlarning biri katta, ikkinchisi 
kichik bo‘ladi- Bu farq borgan sari ortib boraveradi. 
2. To‘la bo‘lmagan maydalanish. Tuxumning faqat sariqlikdan tashqari qismi 
maydalanadi, sariqlik bilan to‘lgan qismi maydalanmaydi. Bu yo‘l bilan telolesital, 
sentrolesital tipdagi tuxumlar maydalanadi (50-rasm). 
Bu maydalanish ham o‘z navbatida ikki xilda sodir bo‘ladi: 
50-rasm. Baqa tuxumining teng bo‘lmagan maydalanishi (B.P.Tokin, 1987 
bo‘yicha). 
A. Diskodial maydalanish. Suyakli baliqlar, qushlar va repteliyalarning 
tuxumi sariqlikka boy bo‘lgani uchun ham katta bo‘ladi. Sariqligi bo‘lmagan 
sitoplazmaning yuqori qismi embrion diski deb ataladi. Diskodial so‘zi ham 
shundan olingan. Embrion diski juda yupqa bo‘lib, u sariqlik ustida joylashadi (51-
rasm). 
B. Yuzaki maydalanish. Bu maydalanish markazida ko‘p miqdorda sariqligi 
bo‘lgan sentrolesital tuxumlarda kuzatiladi. Maydalanish yadrodan va uning 
atrofidagi sitoplazmaning ajralishiidan boshqariladi. Yadrolar sitoplazma bilan 
o‘ralib, asta-sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. Yadrolar tuxumning tashqi 
qatlamiga kelishi bilan sirtqi qatlam ham ularning soniga qarab blastomerlarga 
ajraladi. Yuzaki maydalanish bo‘g‘imoyoqlilar tuxumida sodir bo‘ladi. 


99 
Maydalanish xarakteriga tuxumning sariqlik miqdori va uning tarqalishidan 
tashqari blastomerlarning o‘saro joylashishi ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bu belgisiga 
qarab maydalanish quyidagi turlarga bo‘linadi: 
51-rasm. Tovuq tuhumining diskodial maydalanishi. 
A-maydalanishning 
animal qutbdan ko‘rinishi; B-maydalanayotgan 
blastodisk kesmasi (J.Patterson, 1910 bo‘yicha). 
1.Radial maydalanish.Bunday maydalanishda har bir yuqoridagi va pastdagi 
blastomerlar bir birining aynan ustida joylashadi.Blastomerlarning bunday
joylanishi maydalanish chizig‘ining gorizontal va vertikal yo‘nalishi doimo
navbatlashib 
turishi 
sabab 
bo‘ladi.Bunday 
maydalanish 
kovakichlilarda,ninatanlilarda,ba‘zi xordalilarda kuzatiladi.Eng xarakterli tomoni 
blastomerlar deyarli bir biriga teng bo‘ladi.(52-rasm). 
2.Spiral maydalanish.Ko‘pchilik chuvalchanglarda va mollyuskalarda 
uchraydi.Ularning tuxumlarida animal qismidagi blastomerlar sitoplazmasi har bir 
maydalanish oldidan bir chetga surilib o‘tadi.Shunga muvofiq,bo‘linish urchig‘i 
qiya, taxminan 45
0
S burchak ostida bo‘lib qoladi.Ajralayotgan blastomerlar radial 
maydalanishdagi kabi emas,balki bir birining oralig‘ida joylashadi.Agar 
maydalanish chizig‘i faraz qilib davom ettirilsa,u spiral shaklidagi bo‘lib 
chiqadi(53-rasm) 
3.Bilaterial yoki ikki tomonlama simmetriyali maydalanish.Zigataning 
maydalanishi tufayli bir biriga mos keladigan blastomerlar hosil bo‘ladi. 
Masalan, yumaloq chuvalchanglar va assidiyalarning tuxumlari shunday 
bo‘linadi. Agar tuxumning sariqlik moddasi,ya‘ni oziq moddasi kam bo‘lsa,bu 
modda tuxum ichiga teng tarqalgan bo‘ladi va bunday tuxumlar kichik bo‘lib,teng 
bo‘linadi. Agar tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo‘lsa yoki tuxumning bir qutbida


100 
52-rasm.Ninatanlilar tuxumining radial maydalanishi (E.Zalenka, 1936 
bo‘yicha). 
53-rasm. Spiral maydalanish sxemasi (B.P.Tokin, 1987 bo‘icha). 
A-ikkita blastomer; B-to‘rttda blastomer; v-sakkizta blostomer; G-16 ta blastomer. 
A,B,C,D-makromerlar; a,b,c,d-mikromerlar. Harflar oldidagi sonlar blastomerlar 
hosil bo‘lishining ketma ketligini bildiradi. 
joylashgan bo‘lsa,bunday tuxumlar tartibsiz va qisman bo‘linadi.Masalan,baqaning 
tuxumida sariqlik moddasi vegetitatib ,ya‘ni pastki qutbda joylashgan.Bu modda 
og‘ir bo‘lganligi uchun tuxumni qanday aylantirilsa ham sariqlik moddasi pastki 
tomondan joylashgan bo‘ladi.Tuxumning animal tomonida esa sitoplazma 
joylashgan.Uning birinchi va ikkinchi maydalanish chiziqlari animal tomondan
boshlanib, vegetatib tomonga o‘tadi va tuxumni teng 4ta blastomerga 
bo‘ladi.Uchunchi va to‘rtinchi chiziq tuxumni ko‘ndalang bo‘lib, sariqlik va 
sitoplazma qismlariga ajratadi.Bu maydalanishda 8 ta kichik blastomer animal 
qutbga va 8 ta katta blastomer vegetitatib qutbda hosil bo‘ladi.Ba‘zi mollyuskalar 
va halqali chuvalchanglar tuxumida maydalanishgacha vegetativ qutbida 
ooplazma bo‘rtib chiqadi va u polyar plazma deyiladi. Zigotaning uchunchi


101 
maydalanishdan keyin polyar plazma vegetativ qutbdan hosil bo‘lgan 
blastomerga o‘tadi.Bu blastomer 1Dbelgisi bilan ifodalanadi. Keyin polyar plazma 
animal qutbga joylashgan 2D va vegetativ qutbga joylashgan 4d blastomerlarga 
taqsimlanadi.Ulardan hosil bo‘lgan blastomerlar lichinkasining ko‘p qismini hosil 
qiladi..2 d dan hasil bo‘lgan blastomerlar ustki tomondan qolib ektoderma,4 d dan 
selomik mezoderma hosil bo‘ladi.Agar polyar plazma birinchi yoki ikkinchi
maydalanishdan 
keyin 
olib 
tashlansa, 
mezoderma 
va 
ektoderma 
rivojlanmaydi.Polyar plazmaning vazifalari hozircha to‘liq aniqlanmagan. 
Ba‘zi baliqlar va qushlarning tuxumida sariqlik moddasi ko‘p bo‘lib, 
maydalanish faqat animal qutbga bo‘ladi.Sariq modda ustida blastodisk hosil 
bo‘ladi.Tuxumdagi sariqlik moddasining miqdori va joylashishidan tashqari, 
maydalanishda muxum o‘rin egallaydigan boshqa omillar ham bor.Suvda 
yashaydigan umurtqasiz hayvonlar har xil guruxlarga kirsa xam,ularda
maydalanish o‘xshash bo‘ladi.Mollyuskalar va halqali chuvalchanglar tuxumida
sariqlik moddasi kam bo‘lib ,maydalanish tez o‘tishi, hosil bo‘lgan blastomerlar 
esa tezda kerakli tomonga tarqalishi lozim.Shunday qilib, kam vaqt ichida 
mistaqil yashay oladigan lichinka paydo bo‘ladi(54-rasm). 
54-rasm. Tuxumning tuzulishi va maydalanish tiplari (L.V.Belousov, 1980 
bo‘yicha). 


102 
Har hil hayvonlar tuxumining maydalanishi bir biridan farq qilsa ham, bu 
jarayon umumiy o‘xshashliklari bor.Har qanday bo‘linishda DNK miqdori ikki 
barobat ko‘payadi,chunki yangi paydo bo‘lgan hujayralarda xromosomalar 
diplaid to‘plamda bo‘ladi.DNK miqdorining oshib borishi bilan bir qatorda
hujayralar soni ham tez ortib boradi va shu bilan hujayra qobig‘ining umumiy 
yuzasi kengayadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin