Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Qo’l-oyoqlarning rivojlanishi

Klassik 
embriologiya 
namoyondalari 
amfibiyalar, qushlar va sut emizuvchilarda qo‘l va oyoq rivojlanishining qanday 
sodir bo‘lishini dumli amfibiyalar misolida, eksprimental embriologiya 
namoyondalari esa bu jarayonda hujayra va to‘qimalarning o‘zaro munosabatini 
aniqladilar. 
Qo‘l-oyoq mezodermaning lateral plastinkasi yuqori qismining kengayishidan 
hosil bo‘ladi. Ular mezinximaga migrasiya qiladi va to‘planadi. Bu to‘planish orqa 
va oldingi oyoqlarida bir vaqtda sodir bo‘ladi. Reptiliyalar, qushlar va sut 
emizuvchilarda butun gavdasi bo‘ylab bu hujayralar to‘planadi. Ammo ular so‘rilib 
ketadi va faqat qo‘l oyoqlar hosil bo‘ladigan joylarda qoladi. Mezenxima qoplab 
turgan epidermis qalinlashadi. Shunday qilib, qo‘l-oyoqni hosil qiluvchi hujayralar 
mezoderma va epidermisdan kelib chiqadi. Bunda asosiy vazifani mezinxima 
hujayralari bajaradi. 1931 yilda B.I.Balinskiy o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, nerv nayi 
hosil bo‘lgandan keyin mezodermadan bir bo‘lagini kesib olib, epidermisning 
ostida ko‘chirib o‘tkazilganda oyoq qo‘l hosil bo‘lmagan. Agar epidermis 
ko‘chirib o‘tkazilsa, u oyoq qo‘l tarkibiga kirib ketadi. 


172 
Oyoq qo‘l hosil bo‘lishida mezenxima epidermisni stimullovchi funksiyani 
ham bajaradi. O‘z navbatida ektodermal hujayralar mezodermaning
differensiallanishini stimullaydi. 1948 yilda J.Sonders o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, 
agar 3 kunlik tovuq embrionidan ektodermal hujayralari mezodermani 
zararlamasdan olib tashlansa, qanotlarining distal qismi hosil bo‘lmaydi.Ammo 
qo‘l oyoq hosil bo‘lishida asosiy vazifani mezoderma hujayralari bajaradi.
Baliniskiy tajribalariga ko‘ra, agar embrionning oldingi va orqa oyoq 
murtaklari orasiga eshitish, hidlash haltalari ko‘chirib o‘tkazilsa, qo‘shimcha 
oyoqlar hosil bo‘lganligi kuzatilgan. 
Morfologik jihatdan oyoq qo‘l o‘simtalari eniga nisbatan bo‘yiga ko‘proq
o‘sadi, uchlari bir tekis bo‘lmaydi. Ammo oyoq qo‘l bo‘limlari va bo‘g‘imlarning 
hosil bo‘lishi sabablari hozircha noma‘lum. Mezenxima hujayralari zichlashib, 
suyaklar hosil bo‘ladi. Dastlab tog‘ay hosil bo‘ladi, keyinchalik u suyaklarga 
aylanadi. Qo‘l oyoq qon tomirlari ular rivojlanishining dastlabki davrlarida paydo 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, qo‘l- oyoq mezinximadan rivojlanadi. Ammo qo‘l- oyoq 
muskullari miotomdan paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin