Tuxumlar evolyusiyasi
Har qanday organism rivojlanishning turli bosqichlarida u yoki bu darajada
tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Organism ma‘lum vaqt tashqaridan oziqa qabul
qilmasdan yashashi mumkin, bu davrda organism tashqi muhit bilan dissimlyatsiya
jarayoni orqali bog‘lanadi.
Hozirgi yashab turgan organizmlarning hammasi tashqi muhitning mahsuli
hisoblanadi. Organizmlar evolyasiyasi ularning o‘zaro va anorganik muhit bilan
alodasining yig‘indisidir. Organizmlarning o‘zgaruvchanligi va tabiiy tanlanish
organizmlarning
tashqi
muhitga
bog‘liqligining
natijasi
hisoblanadi.
V.I.Verdaqdiskiy (1926) fikricha, hayot yashqi muhit omillari mahsulidir.
Atmoseradagi gazlar tarkibi biogen yo‘l bilan kelib chiqqan. Okeanlar, gidrosfera,
litosfera, tyuzlar konsentrasiyasi, rN va boshqalar ham hayot bilan bog‘liq.
Organism, uning embrioni va tashqi muxit metabolizim asosida bir- biri bilan
bog‘langan. Bir hil elementlardan tabiatda har xil organizmlar tashkil topadi.
Evolyusiya jarayonida organizmlarning tashqi muhitdan emansipasiyasi sodir
bo‘lgan. Protoplazmaning har xil reaksiyalari paydo bo‘lib, tarixiy taraqqiyot
davomida tabiiy tanlanishning moslanish, jumladan, embrional moslanish shakli
paydo bo‘lib, embrionning tashqi muhit bilan bevosita aloqasi uzilgan.
Hayvonlarningtuxum po‘sti shunday yo‘l bilan paydo bo‘lgan.
Emansipasiyaga ko‘plab parazit chuvalchanglarning embrional rivojlanishi
yaqqol misol bo‘ladi. Ot, cho‘chqa va odam askaridasi tashqi muxitning ko‘plab
omillarga chidamli bo‘ladi. M.M.Zavadovskiy (1914) aniqlashicha, ot askaridasi 3
kun davomida formalinda, 14-20 kun glisirinda, 14-80 kun ksilolda, 9 kun
benzolda, 1 kun HClda, 5 kun HNO3 da yashay oladi. Konsentrlangan H2SO4
tuxumni tezda eritib yuboradi. HgCl2, CuSO4, HCl va KOH askarida tuxumining
rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki bu moddalar tuxum uchun zarur bo‘lgan
kislorod bilan nafas oladigan mikroorganizmlarni qabul qiladi. Tuxum po‘stidan
ichkariga yoki ichkaridan tashqariga N2O, SO2 va O2 erkin kirib, chiqib turadi.
213
Askarida tuxumidan lichinka chiqishigacha tashqaridan faqat suv va kislorod
kirishi zarur. Bu parazit hayvonlar uchun xosdir. Askaridalar tuxumining
urug‘lanishi xo‘jayinning ichak sistemasida amalga oshadi. Ichaklarda kislorod
bo‘lmaydi, shuning u7chun rivojlanish ham davom etmaydi. Tuxum tashqi
muhitga ko‘plab keraksiz moddalar bilan birgalikda chiqadi. Evolyusiya jarayonida
tuxumdan zararlovchi moddalardan himoya qiluvchi modda ham paydo bo‘lgan.
Bu modda tuxumning qobig‘idir. Shuning uchun odam askaridasining tuxumi
noqulay sharoitlarda 16 yilgacha tiriklik xususyatini yo‘qotmaydi.
Hozirgi ma‘lumotlarga qaraganda, urug‘lanishdan keyin askarida tuxumida
ko‘p qavatli qobiq hosil bo‘ladi. Dastlab vitellenli qavat, keyin xitinli va nihoyat
ichki lipidli qavat hosil bo‘ladi. Ularning hammasi fibrilli tuzilishga ega. Tuxum
qobigining hammasi suvga nisbatan o‘ziga xos tuzilgan. Qobiq tuxumni mexanik
shikastlanishdan himoya qiladi. Ular suv karbonat angidrid va kislorodni ikki
tomonlama o‘tkazadi, zararli va keraksiz moddalarni o‘tkazmaydi (100-rasm).
100- rasm. Askarida tuxum po‘stining tuzilish sxemasi (A.Byod, 1971 bo‘yicha).
1-uch qavatli membrana; 2-vitellinli qavat; 3- xitinli qavat; 4-lipidli qvat; 5-hujayra
membranasi; 6,7- g‘adir budir EPR va kortikal qavatning zich granulalari.
Dengiz umurtqasiz hayvonlarining tuxumi ota onasidan embrion rivojlanishi
uchun zarur moddalarni oladi (oqsil yog‘ ,uglerod va boshqalar). Suv , kislorod va
tuzlarni tashqi muhitdan oladi. Shuning uchun umurtqsiz hayvonlar chuchuk
suvlarga nisbatan sho‘r suvlarda ko‘proq uchraydi. Jumladan ,ninatanlilar,
boshoyoqli mollyuskalar, asdsidiyalar kovakichlilar va ba‘zi chuvalchanglar
chuchuk suvlarda yashaydi, ammo tuxumi bunday suvlarda yashay olmagani
uchun ko‘paymaydi.
Baliqlarning tuxum hujayrasi organic va anorganik moddalar bilan normal
ta‘minlangan, ammo suv va kislorodni tashqi muhitdan qabul qiladi. Amfibiyalar
tuxumida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Yuksak umurtqasizlar va deyarli
hamma Anamniyalar embrioni organic moddalar va tuzlar bilan ta‘minlangan
.tuxumlarning tashqi muhitda emansipasiyasining yangi bosqichi evolyusiya
jarayonida reptiliyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ularning tuxumi embrion
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan organic moddalar va tuzlar bilan ta‘minlangan.
Ba‘zi amfibiyalarda metamorgfoz tuxumning ichida sodir bo‘ladi va
tuxumdan chiqqan bola ota ona formalaridan farq qilmaydi. Qushlar tuxumida
keraklicha organic moddalar ,tuzlar va suv bo‘ladi. Suvda yashaydigan qushlar
tuxumida rivojlanish uchun zarur miqdorda suv bo‘ladi.
Shunday qilib, evolyusiya jarayonida tuxum va tashqi muhit o‘rtasida paydo
bo‘lgan munosabat emansipasiya deb ataladi.
Tuxum yo‘lida harakatlanayotgantuxumda embrional rivojlanish to‘xtab
qolishi mumkin. Rivojlanish davom etishi uchun nima qilish kerak? Ma‘lum
harorat , kislorod va namlik zarur. Bunday sharoit deyarli hamma hayvonlar
tuxumining rivojlanishi uchun zarur.
Sut emizuvchilar tuxum hujayralarida embrional rivojlanish uchun zarur
bo‘lgan organic moddalar, tuzlar, suv, kislorod bo‘lmaydi. Tuxumning rivojlanishi
214
ona organizmi bilan o‘zaro munosabatiga bog‘liq. Ona organizmidan tuxumga
zarur moddalarning kelishi embrional rivojlanishning birinchi davridan
boshlanadi.
Blastosistaning
bachadon
devoriga
implantasiyalanishigacha
maydalanayotgan tuxum uchun tashqi muhit jinsiy yo‘llar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |