Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Tuxum yoki tuxum hujayra va uning tuzilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Tuxum yoki tuxum hujayra va uning tuzilishi
. Tuxum hujayra urug‘chilik 
jinsiy hujayrasi bo‘lib, shakli deyarli bir xil, ya‘ni asosan sharsimon, ba‘zan 
ovalsimon, yoki cho‘zinchoq bo‘ladi (33-rasm). Tuxum hujayraning yadrosi uning 
o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Tuxumning ko‘pchilik qismini sitoplazma egallagan 
bo‘lib, unda maxsus oqsilli kiritma-sariqlik moddasi bo‘ladi (34-rasm). Sariqlik 
embrionning rivojlanishi davrida oziqa sifatida sarflanadi. Sariqlik moddasining 
miqdoriga qarab, tuxumning miqdori ham o‘zgaradi. Masalan, reptuliyalar, qushlar 


70 
tuxumida sariqlik ko‘p bo‘ladi va shuning uchun ularning tuxumi yirik bo‘ladi. Sut 
emizuvchilar tuxumida esa sariqlik moddasi umuman yo‘q, ba‘zilarida juda kam, 
shuning uchun ularning tuxumi kichik bo‘ladi. Ancha kattaligi va sariqlik moddasi 
bo‘zganligi uchun tuxum hujayra deyarli harakatlana olmaydi. Faqat kovakichlilar 
va bulutlarning tuxum hujayrasi harakat qiladi. 
33-rasm.Tovuq tuxumining tuzilish sxemasi (B.Karlson, 1983 bo‘yicha) 
1-po‘choq; 2-latebra; 3-po‘choq osti qobig‘i; 4-oq sariqlik; 5-sariqlik moddasi; 6-
pander yadrosi; 7-blastoderma; 8-sariqlik qobig‘i; 9-havo kamerasi; 10-tuxum 
oqsili (albuminning ichki qavati); 11-tuxum oqsil (tolali oqsil); 12-xalaza; 13-
xalazaning hosil qiluvchi qavat; 14-tuxum oqsili (albuminning tashqi qavati). O‘ng 
tomondagi grafik 18 kunda tuxumning o‘sish tezligi bildiradi. Shtrixli chiziq 
sariqlik moddasi qavatlarining hosil bo‘lish vaqtini bildiradi. 
Sariqlik moddasining miqdori va uning sitoplazmada tarqalishiga qarab,
tuxum hujayrani guruhlarga ajratish mumkin. 
Sariqlik moddasining miqdoriga qarab tuxum hujayra quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 
1. Alesital - sariqligi bo‘rmagan tuxumlar (a – yo‘q, lecithos - sariqlik). 
2. Oligolesital - sariqligi kam bo‘lgan tuxumlar (oligos - kam). 
3. Mezolesital - sariqligi o‘rtacha bo‘lgan tuxumlar (mesos –o‘rtacha). 
4. Polilesital - sariqligi ko‘p bo‘lgan tuxumlar (poly - ko‘p). 
Tuxumning katta-kichikligi, ana shu sariqlik moddasining miqdoriga bog‘liq. 
Sariqlik moddasining sitoplazmada tarqalishiga qarab tuxum hujayra 
quyidagi gunihlarga bo‘linadi: 
1. Izolesital (isos - bir xil) - sariqlik moddasi kam va taxminan sitoplazmada bir xil 
tarqalgan. 


71 
2. O‘rtacha telolesital (telos - oxiri) - sariqlik moddasi o‘rtacha, hamma qutbda 
tarqalgan, lekin ko‘proq vegetativ qutbda joylashgan. 
3. Keskin telolesital - sariqlik moddasi ko‘p va asosan vegetativ qutbda joylashgan. 
4. Setrolesital (sentros - markaz) - sariqligi ko‘p va tuxum hujayraning markazida 
joylashgan. 
Yo‘ldoshli sut emizuvchilarda embrionning ona organizmida taraqqiy etishi 
va ona organizmidan oziqlanishi munosabati bilan, evolyusiya jarayonda ikkinchi 
marta tuxumda sariqlik moddasi kamaygan. 
Tuxum hujayrada sariqlik moddasining ko‘pligi uning qutbli bo‘lishiga 
sababchi bo‘lgan, chunki sariqlik moddasi og‘irligi tufayli tuxumning pastki 
qismiga to‘planib, qutbni hosil qiladi. Tuxumning sariqligi kam yoki butunlay 
bo‘lmagan qismi animal qutb deb ataladi. Sariqlik ko‘p tolplangan qismi esa 
vegetativ qutb deb ataladi. Animal va vegetativ qutblarni bogllovchi taxminiy 
chiziq, tuxum o‘qi deb ataladi. Animal qutb tor bo‘lib, u o‘zida sariqlik 
tutmaydigan sitoplazma va yadrodan iborat. Bunday tuxumlarga qushlar, 
repteliyalar tuxumi kiradi. Tuxum hujayraning bu qutbi embrion (pusht) hosil 
qilishda ishtirok etadi va uni pusht gardishi deb ataladi. 
Tuxum hujayralarda maxsus tuxum qobiqlari bo‘ladi. Bu qobiqlar 
tuxumning shakli, o‘lchami va tuzilishini o‘zgartirmasdan, noqulay iqlim 
sharoitlaridan, qurib qolishdan saqlaydi, mexanik va boshqa ta‘sirotlardan himoya 
qiladi.
34-rasm. Sut emizuvchilar tuxum hujayrasining mikroskopik (A) 
yltramikroskopik (B) tuzilishi (Yu.I.Afanasev, 1990 bo‘yicha). 1-yadro; 2-
sitoplazma va sariqlik kritmasi; 3-kortikal granula; 4-sitolemma; 5-yaltiroq qobiq; 
6-follikulyar hujayralar; 7-vorsinkalar. 
Har xil hayvonlarning tuxum qobiqlari turli-tumanligi bilan farq qiladi. 
Shunga qaramay, ular uch guruhga bo‘linadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin