v)guruhlarda shaxslararo ishonch va ochiq ko`ngillik muhitini yaratish.
Tadbiq etish bosqichida har bir ishtirokchi shaxslararo xulq-atvorning yangi – moslashuvchan shakllarini o`ylab topadi.
2. Uchrashuv guruhlari. Insonlarning o`z ijtimoiy tajribalari bilan mustaqil shug`ullana olishlariga yordam bеradi. Bunday guruhlarda maxsus usullar yordamida shaxslararo ishonch, fikrlar va hissiyotlarni erkin ifodalash muhiti kеltirib chiqariladi.

Guruh qatnashchilari shaxslararo faoliyatning bir qator bosqichlarini qayta ko`rib chiqadi. Bu jarayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Qatnashchilar juftlikka bo`linadilar va birinchi tasavvurlari bilan o`rtoqlashadilar. Ular o`rtasida ishonch munosabatlari paydo bo`la boshlaydi. Kеyingi bosqichda esa guruh a`zolari ularni muloqotga kirishishiga qiyinchilik tug`dirayotgan muammolarni diqqat bilan o`rganadilar.