Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinadi.
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyatni ochish yoki qoidani chiqarish uchun o‘qituvchi misollar, masalalar, ko‘rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
Ta‘ r i f. Ayrim yoki xususuy ma'lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarishm induksiya deyiladi.
Ta‘ r i f. Ayrim yoki xususuy ma'lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarishm induksiya deyiladi.
Chala induksiya metodi orqali chiqarilgan xulosa kopgina hollarda to'gri, ammo ayrim hollarda noto'g n bo'ladi.
DEDUKSIYA METODI
Boshlang‘ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog‘liq holda deduksiya metodidan ham keng foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarning yangi o‘qitish dasturi talablariga o‘tishi munosabati bilan deduksiya metodidan foydalanish chegaralari ancha kengaydi. Odatdagi metodika deyarli induktiv metoddan foydalanishni, deduktiv metoddan foydalanishning cheklanganligini uqtirib turardi.
Deduksiya metodi
bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.
1+2=33 - 2=13 - 1=2
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir.
Induktiv va deduktiv xulosalarga misollar keltiramiz. Birinchi sinf o‘quvchilariga yig‘indi bilan qo‘shiluvchi orasidagi bog‘lanishni tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo‘l bilan olib kelamiz. ko‘rsatmalilikdan (har xil doirachalardan) foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi topiladi (1 +2 =3)