"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


I darajali kapital quyidagilardan iborat



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

I darajali kapital quyidagilardan iborat:


  1. to‘liq to‘langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar;

  2. nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:

    • muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;

    • egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas;

    • bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to‘lanmasligi mumkin;

    • ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar to‘lanmaydi;

  3. qo‘shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) – oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;

  4. taqsimlanmagan foyda:

    • kapital zaxiralar;

    • avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi;

    • joriy yil zararlari.

  5. ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.

  6. bankning ustav kapitalidagi valuta qismiga teng bo‘lgan valuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi.

II darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat:


  1. joriy yildagi sof foyda;

  2. riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxira;

  1. hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar, agarda ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:

    • to‘liq to‘langan bo‘lishi;

    • garov bilan ta’minlanmagan;

    • bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondirilganidan so‘ng qondirilishi;

    • aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz to‘lanishi mumkin emas;

  • bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;

  • agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xohishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlarni to‘lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;

  1. subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatla ri shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisobkitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;

    • bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;

    • boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish,
«himoya devori» sifatida zararlarni qoplab, bank to‘lovga qobilligini saqlash imkonini berishdir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muammosidan himoya qiladi va moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi.

Banklarining o‘z mablag‘lari bank balansining uchinchi bo‘limida aks ettiriladi. Odatda ularni bank kapitali deb ham atashadi.


Bank kapitali tarkibi quyidagilardan iborat:

  • Ustav kapitali.

  • Qo‘shilgan kapital.

  • Zaxira kapitali.

  • Taqsimlanmagan foyda.

Yuqoridagilarning har biri uning manbalari hisobga olingan holda bir necha elementlardan tashkil topadi.
Bankning ustav kapitali asosan uning oddiy va imtiyozli aksiyalarini sotishdan kelib tushgan mablag‘lardan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapital bank aksiyalarining real va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farqlardan tashkil topadi.
Zaxira kapitali bank daromadi hisobidan turli riskli aktivlarni qoplash uchun tashkil etilgan jamg‘armalar, kichik korxonalarni imtiyozli kreditlash jamg‘armasi, asosiy vositalar bahosi boshlang‘ich qiymatidan o‘sgan qismi kabilardan tashkil topadi.
Taqsimlanmagan foyda o‘tgan yilgi olingan foydaning taqsimlanmagan qismi yoki ko‘rilgan zararlar hamda joriy yilning foyda yoki zarari hisobidan tashkil topadi.
Bank tizimining barqarorligini ta’minlash, bank kreditlari va omonatchilari manfaatlarini himoyalash, banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatlarini mustahkamlash nuqtayi nazaridan, dastavval, bank faoliyatini boshlash uchun Markaziy bank tomonidan bank kapitalining minimal miqdoriga talablar o‘rnatilgan.
Kapitalning minimal miqdoriga qo‘yiladigan talab ning summasi mamlakat iqtisodiyoti holati, inflatsiya darajasi, xalqaro iqtisodiy aloqalar ko‘magi kabi birnecha ko‘rsatkichlar inobatga olingan holda o‘zgarib turishi mumkin.
Quyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari uchun kapitalning minimal miqdoriga qo’yilgan talablar qo’yilgan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin