1-rasm. Talab inflatsiyasi4
bunda,
AD – yalpi talab;
SRAS – qisqa muddatdagi yalpi taklif chizig‘i;
P – umumiy narxlar darajasi;
Y – milliy ishlab chiqarishning real hajmi;
LRAS – uzoq muddatdagi yalpi taklif chizig‘i;
Agar inflatsiya yalpi taklifning qisqarishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa (ya’ni xarajatlarning ortishi oqibatida yuz bersa), u holda bunday inflatsiya taklif (xarajatlar) inflatsiyasi deb ataladi. Xarajatlar inflatsiyasi stagflatsiya holatiga olib keladi, ya’ni bu – bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning pasayib ketishi va narxlar darajasining oshishidir.
Taklif inflatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo‘ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‘i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko‘payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, taklif inflatsiyasi o‘z-o‘zini142 cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo‘shimcha o‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o‘sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‘ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o‘sishi aholi qo‘lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o‘tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30 foizga ko‘paygan, narxlar darajasi 50 foizga oshgan bo‘lsa, unda aholining real daromadlari 20 foizga kamaygan bo‘ladi. Chunki, narxlarning o‘sishi pul daromadlarining o‘sishidan yuqori bo‘lgan. Quyidagi rasmdagi grafik orqali taklif inflatsiyasini tushunib olishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |