22
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli
hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir
ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va
inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi.
Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish
natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga
oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish
kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay
balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib
degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun
Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam
maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga
ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan
bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy
sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy
inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.
|