InfoMat” souining ssenariysi



Yüklə 17,98 Kb.
səhifə1/3
tarix18.02.2022
ölçüsü17,98 Kb.
#52749
  1   2   3
InfoMat shou


InfoMat” souining ssenariysi

Zal bayramona bezatilgan. Sahnada kompyuter va uning qurilmalari, Gerb rasmi osilgan, hurmatli Prezidentimizning aygan so’zlari “Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, aqlli va dono bo’lishlari kerak” degan iborasi devorga katta qilib osib qo’yilgan. Guruhlarning nomlari va plakatlar osilgan. Sahnada gullar, sharlar qo’yilgan.

Assalom Ona yurt tonglar o’lkasi,

Ta’rif tasnifingni yo’q nihoyasi.

Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,

Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.

(O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qo’yiladi va zaldagi barcha unga hurmat bilan ta’zim qiladilar.)



Boshlovchi:

Vatan mening onamsan, issiq quchog’ing,

Olamda yagonamsan, aziz tuprog’ing.

Tarixing juda uzoq, mashhur jahonsan,

Amir Temur Vatani- Buyuk Turonsan!

Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar,qalbi qaynoq bilmga chanqoq o’quvchilar. Hozirgi kunda mamlakatimizda o’zgarib va rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat haqidagi turli xil ko’rinishdagi ko’plab axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig’ilib bormoqda.Bu ma’lumotlardan zamonaviy texnologiya vositalari orqali xabardor bo’lishimiz mumkin. Shunday ekan, informatika fanini chuqur o’rganishimiz va kompyuterni sir-sarorlarini chuqur o’rganmog’imiz zarur. Biz bugun maktabning 9-sinf o’quvchilari ishtirokida “Informatika” va “Matematika” fanlaridan savodimizni oshirish maqsadida bu bellashuvni uyushtirdik. Bugun bellshuvda “Yosh kompyuterchi” va “ Yosh matematik” guruhlari o’zaro bellashadilar.

Bellashuvimizning asosiy shartlari bilan tanishtirib o’taman:

1-shart: Tanishtiruv

2-shart:Savol-javob “Do’stingni qutqar” nomli.

3-shart: Kim tez va aniq hisoblaydi?

4-shart: Qiziqarli Pantomima

5-shart: Sardorlar bellashuvi.

6 -shart:Sahna ko’rinishi.

Bugungi shartlarimizni baholash uchun hakamlar ha’yati bilan tanishtirib o’taman. Maktab direktori, maktabning-ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari, maktab psixologi, matematika-informatika fani o’qituvchisi,til va adabiyot fani o’qituvchisi.

Endi sahnaga 1-shart bo’yicha “Yosh kompyuterchi” guruhini taklif qilamiz. Marhamat!

(Sahnaga 1-guruh o’quvchilari tashrif buyuradilar)



1-shart: Tanishtiruv sharti bo’yicha.

1-o’quvchi: Assalom ey davramizning eng aziz mehmonlari!

Assalom, ey ilmu-fanning sohibu davronlari!

assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar.

Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar!



2-o’quvchi: Ruhsat bering boshlamoqqa informatika bahsini,

Turli-tuman savol bilan o’ylatamiz barchani.



3-o’quvchi: Shukurkim, sendayin bir jahonim bor

Onamday mehribon jonajonim bor.

Seni kuylayman, sendek yashayman,

Toki qalbda qonim, tanda jonim bor,

Ey mening shuurim, so’nmas iymonim.

Sadqadir senga jon, O’zbekistonim

4-o’quvchi: Informatika fani yuksalmoqda kun sayin,

Dasturlari xilma-xil, qay birini aytayin.

Qancha-qancha muammo hal etilgan chunon.

Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.



5-o’quvchi:

Masala yechish uchun

Algoritm tuzamiz

Algoritmdan sekin

Dasturlashga o’tamiz.

6-‘o’quvchi:

Operator dasturlarni o’rganamiz tez,oson

Lekin qiyin testlar bizni o’ylatadi har qachon.

Satrlar ketma-ketligin yodimizda saqlaymiz,

A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.

Biz hammamiz kompyuterni sevamiz. (hamma birgalkikda)



Navbat 2 guruh “Elektronika” guruhiga beriladi.

1-o’quvchi:

Har bir chiqishimizning ma’nosi keng bir jahon.

Sovg’a salomlar olgaysiz, masalani echgan on!

2-‘quvchi:

Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchingizni

Sofizm, bilan aldaymiz boplab sizni.

3-o’quvchi:

Oddiy yerning yuzidan to kosmik fazogacha

Kundalik, turmush hayot,quyosh,suv, havogacha

Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon.

Qudratli bu fanga bosh element “Kompyuter”

4-o’quvchi:

Asrlar ortidan kelar asrlar,

Unitilar o’tmish,zamon ko’p sirlar.

Ammo yaratilgan fan asoslarin,

Asrdan asrga eltar nasllar.

5-o’quvchi:

Xalqimiz faxridir

Necha buyuk siymolar

Al-Xorazmiy, Farobiy

Beruniy, Ibn-Sinolar.

6-‘quvchi:

Hisoblash texnikasin,

O’rganib asta-sekin

Dastur tuzish yo’llarin

O’rganamiz qunt bilan.

Boshllovchi:

Hurmatli aziz ustozlar va o’quvchilar. Endi navbatni 2-shartga bersak. Marhamat 1-guruh “Yosh kompyuterchi” guruhi.

2-shart: Savollarga javob berish. ( Konvertga solingan savollar hakamlar hay’ati tomonidan ochiladi va stol ustiga teskari qilib qo’yiladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib savollarni oladi va unga javob beradi. Savollarga 1 daqiqa vaqt beriladi). Bu shartda tezkor savollarga javob berish kerak. Har bir guruhdan bir nafar ishtirokchi sahna o’rtasiga chiqadi. Sahnada har bir qadamda toshbaqa, samakat, velosiped, avtomobil va samalyot joylashtirilgan bo’ladi. Savollarga javob berib bo’lgach kuchliroq transportga o’tib, keyingi qadaamini tashlaydi. Oxiri samalyotga o’tib qutqariladi.

1. Informatika faniga qachon asos solingan?

2. Birinchi hisoblash vositalari nimalar bo’lgan?

3. Birinchi EHM lar qachon qayerda yaratilgan?

4. EHM ning 1-avlodi nechanchi yilga to’g’ri keladi va uning elementi nimadan iborat?

5. Birinchi shaxsiy kompyuterlar qachon va qayerda yaratilgan?

6. Birinchi kalkulyator –“Arifmometr” qachon va kim tomonidan yaratilgan?

7. 3-avlod EHM larning asosiy elementi nimadan iborat?

8. Hisoblash texkikasi necha davrni o’z ichiga oladi?

9. EHM larning avlodlarini sanab bering. (Yillari bilan)

10. Birinchi dasturchi kim bo’lgan?


Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin