Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-K\U kompakt disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qoʻshildi.
Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi. „Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan).
Grafik ma'lumotlar turli xil tashuvchilarga, shu jumladan trek, qog'oz, tutqichlar, shisha, devorlar va boshqa narsalar qo'llaniladigan ma'lumotlar to'plamidir. Ma'lum darajada aytish mumkinki, bizning sizga kamera ob'ektivlari yoki kamera yuborilganligimiz ham grafik ma'lumotlarni anglatadi.
Tovush (tilshunoslikda), nutk, tovushi — kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi gʻisoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi.
Audiokitob (lotincha: audio „tinglash“ [1]) har qanday audio tashuvchi vositada yozilgan ovozli adabiy asardir. [2][3]
Audio tashuvchi vositalar — gramplastinkalar, kompakt (CD) disklar, kompakt kassetalar, qattiq disklar yoki Internetdan audio fayllar boʻlishi mumkin.
Video (lotincha: video — qarayman, koʻryapman) — qoʻshma soʻzlar tarkibiy qismi boʻlib, oʻzi qoʻshilib kelgan soʻzlarga tasvir eltuvchi (videosignallar), elektr signallariga aloqadorlik maʼnosi ifodasini beradi. Shuningdek, tasvir uzatish tizimi (videotelefon)da foydalaniladigan sistema va qurilmalarga ham aloqadorlikni anglatadi