Pedagogik dasturiy vosita loyihasini ishlab chiqish
Loyixalash
Kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o’quv fani bo’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo’shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar bu – moʻljallangan obʼyektlarni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni hisoblanadi.
Loyixalash
Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Pedagogik dasturiy vosita uchun ovoz fayllarini tayyorlash;
Integratsiyalashgan muhitda ishlash;
Pedagogik dasturiy vosita yaratish metodikasi.
Loyihalashning birinchi bosqichida pedagogik dasturiy vosita yaratilishi kutilayotgan fanga oid kerakli ma’lumotlar to’planadi. Ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, mavzularga oid barcha adabiyotlar, rasmlar, videolar va taqdimotlar jamlanadi.