I BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION USLUBLAR. Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining
turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan
foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Mamlakatimizda Birinchi
Prezidentimiz tomonidan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning
barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor
qaratilgan edi. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda,
belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini
samarali qo’llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-
mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish,
ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya
jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol
usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda
ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan “Informatika” fani o’qituvchilari oldida
quyidagi muhim vazifalar turadi:
-
talabalarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va
rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish;
-
mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va
o’tkazish;
-
talabalarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga
yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash;
-
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.