Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua


Bilim berishda ilmiy g’oyani o’rtaga tashlay olish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

4. Bilim berishda ilmiy g’oyani o’rtaga tashlay olish.
Bunda ta`lim berishda muammoli vaziyatlar va ularga mos fan-texnikaning zamonaviy yutuqlari uyg’unligida ish olib borish yuqori samaralarni beradi va ular ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishning ilmiy - uslubiy asoslarini ta`minlashligini ta`lim oluvchilar ongiga etkazish lozim.
5. Ta`lim mashg’ulotlari jarayonida talabalarni axborot yig’a olishga o’rgatish.
Bu dars mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida amalga oshirilib, mavzuni konspektlashtirish, mavzu bo’yicha tezislar tayyorlash va xar hil spravochnik ma`lumotlar tayyorlanadi. Ular ichidan tahlil va xulosalash asosida mavzu uchun asosiylari tanlanadi.
6. Ta`lim mazmuni-mohiyatini tushunishga kirib borish.
Bunda asosan o’rganilayotgan fan(mavzu) bo’yicha ma`lumotlarni tahlil qilish va ular asosida shakllangan xulosalar hamda mazkur sohadagi bilimlarni takomillashtirish orqali erishiladi. Xulosa chiqarishga o’rganilganligi esa taqqoslash, muhokama qilish va umumiy xulosalash orqali amalga oshiriladi.
7. Ta`lim jarayonini xulosalash.
Umuman olganda xulosalash malakasi jarayon va hodisalar to’g’risida ma`lumotlar yig’ish, ularni axborotlarga aylantirish hamda ma`lum tartibga solish, mantiqiy fikrlash tahlili natijalari orqali amalga oshirilib, ta`limni texnologiyalashtirishdagi mustahkam poydevordir.
8. Ta`limni texnologiyalashtirishda qo’shimcha axborotlardan foydalanish.
Bunda asosan darsda olgan bilimlarini maxsus kurs, fan to’garaklari, ilmiy-uslubiy seminarlar va fan-texnikaning eng so’nggi yutuqlari hamda zamonaviy ishlab chiqarishdagi ilg’or texnologiyalar haqidagi axborotlar bilan bog’lay olishi zarur. Bulardan tashqari qo’shimcha axborotlar manbaiga darslik, entsiklopediyalardagi ma`lumotlar, lug’atlar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop matbuot va qiziqarli adabiyotlar ham kiradi.
Xullas, bu qayd etilganlar talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi, ya`ni dars maqsadi, mazmun-mohiyatini ifodalashdan tortib, to ta`limni texnologiyalashtirish jarayonigacha bo’lgan ketma-ketlik haqida xulosa chiqaradigan bo’lsak, ular manba(jarayon yoki hodisa) haqidagi ma`lumotlar, axborotlar asosida, faraz qilish orqali xususiy echimlardan umumiy echimga qarab harakat qilish jarayonidir.
Bunda ta`lim jarayonida fan texnikaning mos yutuqlaridan, tarixiy biografik ma`lumotlardan foydalanish ta`lim samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Ayniqsa, dars samaradorligini oshirishda milliy-ma`naviy, qadiryatlar, fan taraqiyoti bosqichlari, soha olimlari hayoti, faoliyatidan ibrat-namuna sifatida foydalanish, davrga tavsifnoma berish, birinchi kashfiyot yoki ixtirochilar haqidagi axborotlardan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Ergashov M., Normatov T., Xakimjonova H. Ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy majmua. TDPU bosmaxonasi.
Toshkent 2014y.
2. Ergashov M., Narmatov T., Xakimjonova H. Boshqaruda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoqdan foydalnish.. O‘quv-uslubiy
majmua. TTESI bosmaxonasi. Toshkent 2015y.
3. http:// www.edu.uz
4. http:// www.ccitt.uz


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin