Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Tushunchalar

Sizningcha bu tushunchalar qanday ma’noni anglatadi?

Qo’shimcha ma’lumot

Tarjimayi hol

ma`lum bir shaxsning o‘z shaxsiy hayoti, mehnat va jamoat ishlaridagi faoliyatining bayonidir




Ariza

biror muassasa, tashkilot, xo‘jalik yoki rahbar xodim nomiga iltimos, taklif hamda shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. Hujjatlar ichida ariza ijtimoiy hayotimizdagi eng ko‘p qo‘llaniladigan rasmiy hujjat




Tushuntirish xati

xizmatga oid vazifalar bajarilmaganligi, mehnat intizomi yoki o‘qish jarayoni, muassasa ichki tartib qoidalari va boshqa holatlar buzilganligi sababining bayoni bo‘lib, muassasa rahbari talabi bilan yoziladigan rasmiy hujjat




Ishonchnoma

biror muassasa (tashkilot, korxona yoki xo‘jalik) yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat






MA’RUZA MASHG’ULOTLARI






№1 mavzu: Informatika darslarida o'quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar
Reja:

  1. Informatika fanini o’qitishda ta`lim samaradorligini oshirish mezonlari.

  2. YaPT ni qo’llashning samaradorligi

  3. O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyalari


Tayanch iboralar: uzluksiz ta`lim tizimi, ta`limda sifat, sifat nazorati, DTS

Uzluksiz ta`lim tizimida informatika fanini o’qitishda ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur:


- boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish;
- ta`limda sifat tushunchasi;
- ta`limda sifat nazoratini tashkil etish;
- ta`lim sifatini belgilovchi omillar;
- sifatni baholash mezonlari;
- sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
- nazorat monitoningi va uning yuritilishi;
- yakuniy natijalarni baholash va qo’shimcha tadbirlar belgilash.
Ta`limda sifat - qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va baholash bo’yicha olingan natijalarning monitoringi.
Qaysi ta`lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, ta`lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri bo’lgan ta`lim mazmuni va sifat ko’rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lsa, shu ta`lim muassasasida ta`limning sifat nazoratini tashkil etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun ta`lim muassasasi rahbariyati ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib borish uchun sifat komissiyasi tuziladi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi, duch kelinayotgan muammolar bo’yicha qo’shimcha tadbirlar belgilaydi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta`lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab olinadi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- DTS, o’vuv reja, o’quv dasturlar;
- darslik, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning elektron ko’rinishlari, elektron darsliklar;
- o’qitishning texnik va multimedia vositalari;
- laboratoriya va multimedia jihozlari;
- fan bo’yicha nazariy darslar;
- fan bo’yicha didaktik materiallar;
- o’qituvchi-pedagoglar;
- o’quv va pedagogik amaliyoti va hokazo.
Ushbu omillarning bajarilishi yoki mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish uchun ta`lim muassasasi rahbariyati tomonidan ta`limda sifat nazoratini olib borish uchun ishchi guruhning mantiqiy tizimi ishlab chiqiladi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarning asosiylaridan biri o’qituvchi- pedagoglardir. O`qituvchi-pedagoglarning ta`lim jarayonini sifatli tashkil etishdagi ijodkorligi, izlanuvchanligi, pedagogik mahoratlarini baholab borish va mehnatlariga yarasha moddiy va ma`naviy rag’batlantirib borish ta`lim mazmuni va sifat ko’rsatkichlarini oshirishning asosiy elementlaridan biridir.
Biz yashayotgan bugungi davr ta`lim va tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalar elementlari hamda tajribalarini joriy etish natijasida ta`lim samaradorligini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunda o’qituvchi-pedagoglar o’z bilimlarini oshirib, pedagogik texnologiya metodlarini o’zlashtirib olmoqdalar va ulardan o’z kasbiy faoliyatida foydalanmoqdalar. Bu borada o’qiuvchi-pedagoglar oldida quyidagi vazifalar turadi:
- ta`lim maqsadini, vazifasini va mazmunini aniqlash;
- o’quv materialini ta`lim oluvchining intelektual salohiyatiga, yoshiga moslik darajasini va o’zlashtirish saviyasini loyihalash;
- turli xil murakkablik darajadagi nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish;
- ta`lim berish natijasi va uning samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;
- darsda va darsdan tashqari vaqtlarda beriladigan mustaqil ta`lim uchun mustaqil ish topshiriqlarini rejalashtirish, ularning tizimi va mazmunini ishlab chiqish;
- o’rganiladigan fan bo’yicha ma`lumotlarni modulli bloklarga ajratish;
- o’qitishni takomillashtirishga ta`limning interfaol usullarini tanlash;
- muammoli va axborotli ta`lim elementlaridan foydalanish va hokazo.
Har bir o’qituvchi-pedagog dars mashg’ulotlarini olib borishda o’z faoliyatini tahlil qila olish va shu asosda tegishli xulosa chiqara olishga erishish kerak. Agarda o’qituvchi o’z mashg’ulotlarining samaradorligini baholay olmasa, u holda o’zi yo’l qo’ygan kamchiliklarni sezmaydi va bu faoliyatda ijodiy yondashuv ham bo’lmaydi.
Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.
Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
O`qituvchining dars jarayonida YaPT larni qo’llashdagi ta`lim samaradorligini aniqlash ta`limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlarini keltirib o’tamiz.
Bunda birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari qaraladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin