Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua


Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

7. Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.
Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.
8. Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.
Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.
Ta`lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik.
O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi O’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. O’quvchining mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik", "ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" O’quvchi bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich O’quvchini bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, O’quvchi shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob O’quvchi faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.
O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi.
O’quvchilar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O`quvchi yoki O’quvchi dastur talablari asosida har bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida O’quvchilarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir O’quvchi o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach, yakunny nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. O’quvchilar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda O’quvchining qay darajada ta`limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya`ni O’quvchi bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi. Shu bilan birga, O’quvchining intellektual - ijodiy imkoniyatlari, o’quv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor O’quvchini mustaqil bilim olish ishlariga, shu asosda, zarur ko’nikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qo’llay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular O’quvchining kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta`limda o’quvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida O’quvchining bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
• nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);
• nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);
baxo shkalasi;
• O’quvchiga qo’yilgan bahoni predmet bo’yicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin