Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ergashov M., Normatov T., Xakimjonova H. Ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy majmua. TDPU bosmaxonasi.
Toshkent 2014y.
2. Ergashov M., Narmatov T., Xakimjonova H. Boshqaruda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoqdan foydalnish.. O‘quv-uslubiy
majmua. TTESI bosmaxonasi. Toshkent 2015y.
3. http:// www.edu.uz
4. http:// www.ccitt.uz

№2 mavzu: Ta'lim jarayonini loyihalashtirish
Reja:

  1. Informatika ta’limi sifatini boshqarishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

  2. Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish



Tayanch iboralar: ta’lim mazmuni, bilimlarni nazorat qilish, elektron resurs, subyektiv baho, PHET dasturi

Axborot texnologiyalari oliy ta’lim tizimi oldida turgan qator vazifalarini hal etishning muhim vositasi sanaladi. Ulardan biri ayni vaqtda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan talim sifatini ta’minlashdan iborat. Informatika fanlarining o‘qitilish sifatini ta’minlash muayyan ta’lim muassasasi tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq mas’ul kafedralarga yuklatiladi. Informatika ta’limi iqtisod, informatika va turli ko‘p profilli ta’lim muassasalarida turlicha vazifalarga va o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega. Shunday bo‘lsa-da, informatika ta’limi sifatini boshqarishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid quyidagi umumiy yondashuvlarni ajratish mumkin:


1. O‘quv jarayonini tashkil etishni boshqarish.
2. Informatika ta’limi mazmunini boshqarish.
3. Informatika fanlarini o‘qitish metodikasini boshqarish.
4. Bilimlarni nazorat qilishni boshqarish.
1. O‘quv jarayonini tashkil etishni boshqarish. O‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashga erishish uchun uning tashkiliy jihatlariga ahamiyat berilishi ham O’quvchilar ulardagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Matematik ta’limning o‘zlashtirish samaradorligiga ma’sul kafedraning axborot taqdimoti, oliy ta’lim muassasasi saytida ushbu vazifani zamonaviy darajada hal etishni va masofaviy boshqarishni amalga oshiradi. (Ethernet) Internet tarmog‘iga ulangan kompyuyuterlar orqali O’quvchilar ma’lumotlarni xohlagan vaqtda va xohlagan joydan olishlari mumkin. Bu esa O’quvchilarninig bevosita o‘qituvchi bilan o‘zaro faoliyatga kirishmasdan zarur ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi, natijada O’quvchilarning mustaqil ta’lim olish va izlalnish faoliyatining samarali tashkil etilishiga zamin tayyorlaydi.
2. Informatika ta’limi mazmunini boshqarish ko‘p jihatdan uni sifatli tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi. Informatika fanlari doimiy rivojlanishda bo‘lib, yangi matematik konsepsiyalarga muvofiq zamonaviy matematik olam manzarasini yaratadi. Shu bois, informatika fani sohasidagi so‘nggi yangiliklarning ma’ruza materiallarida yoritilishiga erishish zarur. Buning uchun o‘qituvchilar zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni doimiy o‘rganishlari va axborot texnologiyalardan foydalanish orqali pedagogik jarayonni tashkil etish hamda o‘tkazishga erishishlar lozim. Informatikani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish: ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning axborotliligini orttiradi; matematik bilimlarning zamonaviy darajada taqdim etilishini ta’minlaydi; ta’lim jarayonida informatika fanlariga oid ma’lumotlarni qulay va zamonaviy usulda namoyish etish imkonini beradi. Aniq, tabiiy-ilmiy fanlarda bilimlar tajribalar asosida bevosita obyektni o‘rganish natijasida olinadi va tasdiqlanadi. Mazkur tamoyil informatika sohasiga oid fanlarni o‘qitishning asosini tashkil etadi. Birgina yuqori texnik darajada jihozlangan laboratoriyani yaratish, O’quvchilarga zamonaviy talablarga muvofiq tadqiqot o‘tkazishlarida va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlarida kata imkoniyatlar yaratadi. Ammo ko‘p hollarda barcha ta’lim muassasalarida jarayonni bunday tashkil etish imkoni bo‘lmaydi. Kompyuter vositasida fiziologik, biokimyoviy, biofizik, genetik, ekologik jarayonlarni modellashtirish va ular dinamikasini tadqiq qilish imkonini beradi.
3. Informatika fanlarini o‘qitish metodikasini boshqarish. Informatika fanlari axborot ta’lim muhitini yaratish avvalgilarini takomillashtirish va yangi metodik uslublarni shakllantirishni talab etadi:
– informatika turkumidagi har bir mustaqil fan sohasidagi bo‘limlar majmui ikki o‘qqa ajratilishi mumkin, ulardan biri auditoriya darslari uchun, ikkinchisi kafedra saytida elektron ko‘rinishda taqdim etiladi;
– kompyuter vositasi o‘quv materiallarning taqdimot shakllarini tanlash uchun turli xil imkoniyatlar yaratadi;
– elektron resurslardan (kompyuter, mul’timediali proyektor, telekommunikasion imkoniyatlar) foydalanish ma’ruza materiallari ko‘rgazmaliligini orttiradi. Matematik fanlarni egallashda o‘rganiladigan strukturalarni vizuallashtirish, matematik hisobkitob jarayonlarni, soddalashtirish, tenglamani yehish, isbotlash kabi bilimlarni tushunish va o‘zlashtirish sifatini ta’minlashda muhim rol’ o‘ynaydi;
– kompyuter va dasturlashtirilgan vositalar mul’timediali ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash, ularni zaruriy illyustrasiyalar bilan integrasiyalash, matnli va grafikli materiallarni mantiqiy jihatdan bog‘liqlikda tasvirlashni talab etadi.
4. Bilimlarni nazorat qilishni boshqarish. Bilim sifatini nazorat qilish – ta’lim sifatiga erishishni ta’minlashda prinsipial ahamiyatga ega. Kompyuterli va tarmoq texnologiyalari bilimlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilishda keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Uning ancha ergonomik shakli tarmoq rejimida testdan o‘tkazish hisoblanadi. U orqali joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning amalga oshirilishi va natijalar standart yoki reyting baholash tartibida qo‘llanilishi mumkin.
Lokal tarmoq imkoniyatlari testdan o‘tkazish jarayonining avtomatlashgan rejimini ta’minlashi bilan izohlanadi, yig‘ish va natijalarni tahlil qilish orqali o‘qituvchilarni og‘ir ishdan ozod etadi. O’quvchilar uchun avtomatlashtirilgan kompyuterli testdan o‘tkazish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • psixologik qulay holatda nazorat topshiriqlarini bajarish; testdan so‘ng darhol natijalar bilan tanishish;

  • o‘qituvchining subyektiv baholashdan xalos bo‘lish;

  • shaxsiy tayyorgarlik darajasini baholash va natijalarni yaxshilashga rag‘bat olish.

Kompyuter orqali testdan o‘tkazish agar testlar ishonchli, mazmunli, mezonli validlikda tuzilgan bo‘lsagina afzalliklarga ega bo‘ladi va samaradorligi ta’minlanadi. Informatikaga oid testlarni tuzishda matematik ma’lumotlar o‘qituvchidan fundamental tayyorgarlik, keng dunyoqarash, sohani batafsil bilishni va o‘rganiladigan bo‘limlarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq shakllantirishni talab etadi. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin olgan.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar misol bo‘lishi mumkin. “XXI asr - axborotlashtirish asri” da ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish, o‘qitish va o‘qish jarayonini axborotlashtirishini talab qiladi.
Ta’lim muassasida elektron ta’lim muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy mahsulotlar asosida zamonaviy kompyuter dasturlaridan ta’lim jarayonida foydalanish samarali hisoblanadi. Shunday dasturlardan biri PHET dasturidir.
PHET dasturi davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlarga mos kelganligi bilan muhim pedagogik qurol hisoblanadi. Ushbu dasturning o‘ziga xos imkoniyatlari mavjud. Bu dasturdagi mavjud modellar veb muhitida ham namoyish etish imkoniyati mavjud. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida quyidagi tamoyillar asosida qo‘llash mumkin:
1. Kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba
kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llash;
2.O‘rganilayotgan detalni aniqlash yoki yechilayotgan fizikaviy
masalani illustrasiyalash;
3. Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish jarayonida mavjud
modellar yordamida hodisalarni xarakterlovchi kattaliklarning ham sifatiy,
ham miqdoriy bog‘lanishlarini ko‘ra bilish;
4. Dastur yordamida murakkablikdagi topshiriqlar ustida ish olib
borish, hamda mustaqil shug‘ullanish.
Bugungi kunda ushbu dastur Crocodile kompaniyasi tomonidan chiqarilayotganligi va u dasturiy ta’minotlarini Yenka nomiga o‘zgartirganligi sababli, hozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda. Ushbu dasturlarni asosan intennet tarmog‘idag olish mumkin. Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarni bajarish talab etiladi.
1. Internet brauzerga http://www.yenka.com sayti teriladi.
2. http://www.yenka.com sayti beliglangan tartibda ruyhatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
3. Ro‘yxatdan o‘tganligimiz tasdiqlanganidan so‘ng o‘quv muassasalari uchunushbu dasturdan bepul uy sharoitida foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun foydalanuvchi, ya’ni dasturga talabgor shaxs uchun maxsus kod beriladi.
4. Saytning Downloads bandidan (http://yenka.com/file/YK/3.0.1/Yenka_3_0_1_Setup.exe) 61 M hajmdagi dasturni kompyuter ga nusxa olish kerak bo‘ladi.
5. Ruyxatdan o‘tgandan keyin berilgan kodni terib, dasturni ishga tushirish mumkin bo‘ladi.
Bunday pedagogik dasturiy vositalardan (biror bir jarayonni vizual- lashtirish imkoniyati beruvchi pedagogik dasturiy vosita- simulyator) foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan nazariy bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariy hamda hayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shadilar.
Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborot-lashuviga,axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishga bog‘liq.
Shunga ko‘ra bugungi kunda har bir oliy ta’lim muassasasida talabalarning elektron portfoliosini joriy etish maqsadga muvofiq. Portfolio (ingl. – portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka. frans. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu xujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat.
“Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G‘arbiy Yevropadan kirib kelgan bo‘lib, uyg‘onish davrida arxitektorlar o‘z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan xujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.
Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko‘rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta’lim sohasida qo‘llash g‘oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQShda paydo bo‘lgan. AQSh va Kanadadan so‘ng, portfolio g‘oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g‘oya Rossiyada keng tarqalgan.
«The Teaching Portfolio» kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga ko‘ra o‘qituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – o‘qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini ko‘rsatuvchi, shuningdek o‘qituvchining professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi.
Fikrimizcha talabaning portfoilosini yuritishda uning muhim jihati, – har bir talabaning kasbiy kompetentlikka erishishini baholash (bajargan loyihalari, olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, ilmiy izlanishlari, jamoat ishlarida faolligi kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio talabaga o‘z o‘quv faoliyatining natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o‘z imkoniyatlarini ob’ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.
Portfolioda talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi, jamaot ishlarida qatnashishi, fan to‘garaklaridagi faoliyati va boshqa yutuklari yig‘indisi sifatida aks ettirish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir talabaning portfoliosi elektron shakldagi guruh “Portfoliolar ombori”ga joylashtiriladi va natijalar elektron usulda tekshirib boriladi, har bir o‘quvchining portfoliosi va individual rivojlanish dasturining bajarilishi, kasbiy kompetentlik darajalari, akmeogrammasi tegishli tartibda alohida elektron shaklda, maxsus (talabaning umumiy ma’lumotlari-Microsoft Access, fanlarni o‘zlashtirish baholari, reyting ko‘rsatkichlari- Microsoft Exsel , darajalarni aniqlash-Microsoft Word kabi) kompyuter dasturlarida bajariladi.
Bu talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko‘nikma, malaka va mahoratlarini, ularning bilimlarini o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o‘rganish, hamda kelgusi faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ergashov M., Normatov T., Xakimjonova H. Ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy majmua. TDPU bosmaxonasi.
Toshkent 2014y.
2. Ergashov M., Narmatov T., Xakimjonova H. Boshqaruda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoqdan foydalnish.. O‘quv-uslubiy
majmua. TTESI bosmaxonasi. Toshkent 2015y.
3. http:// www.edu.uz
4. http:// www.ccitt.uz

№3 mavzu: Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy- metodik asoslari
Reja:

  1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchasi.

  2. Darsning texnologik xaritasi.



Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion texnologiyalar, pedagogik
texnologiyalar, interfaol

Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talaba(yoki o’quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba(yoki o’quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi.


Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talaba(yoki o’quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba(yoki o’quvchi) asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog – olimlarning yillar davomida ta`lim tizimida Nega o’qitamiz? Nimani o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya`ni o’qitishni ishlab – chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keladi.
Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda ta`lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e`tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin