Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə9/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta`lim to’g’risida”gi Qonun va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta`lim-tarbiya jarayoninig maqsadlaridan boshlab, tashhis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi.
O`quv - tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki o’quvchi)dan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba(yoki o’quvchi)ni kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq..
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikirlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta`lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba(yoki o’quvchi)larni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta`minlaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin