Magistratura bo’limi «informatika va at» kafedrasi-hozir.org
O’ta cho’kuvchan gruntlar suv shimgan xolida mustaxkamlik ko’rsatkichlari o’zgarishining o’ziga xos jixatlari. Tabiiy xolatda lyoss o’ta cho’kuvchan gruntlar yetarli darajada mustaxkam asos bo’la oladi, ya'ni kam miqdorda deformatsiyalangan xolda ancha katta bosimni qabul qila olishi mumkin. Bu gruntlarning siljishiga qarshilik ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, grunt suv shimganida bu ko’rsatkichlar tezda kamayadi.
Lyoss gruntlarining mustaxkamlik ko’rsatkichlarini o’rganish bilan Yu.M.Abelev, M.Yu.Abelev, V.P.Anan'ev, M.N.Gol'dshteyn, A.A.Grigoryan, Ya.D.Gil'man, N.Ya.Denisov, V.I.Krutov, G.I.Krovsov, G.M.Lomize, A.A.Mustafaev va boshqalar shugullanishganlar.
N.Ya.Denisov fikricha tabiiy xolatdagi lyoss gruntlarining mustaxkamligi, grunt zarrachalarini urab olgan oxaktosh, gips va boshqa tuzlarning sementlashtiruvchi xususiyati bilan belgilanadi.
Lyoss gruntlari strukturasi turgun bo’lmagan gruntlar toifasiga mansub bo’lib, ular zarrachalarining qovushqoqligi suvli kolloidli xamda kristallizasion (sementlashtiruvchi) bog’lanishlari bilan xarakterlanadi. Bu bog’lanishlarning suvga chidamsizligi ular suv shimganida strukturasining buzilishiga asosiy sabab bo’ladi.
A.A. Mustafaev fikriga lyoss gruntlari mustaxkamliligining pasayishiga asosiy sabablar:
1. grunt suv shimgan xolida qovushqoqlikning kamayishi va grunt strukturasining kappilyar bosim kamayishi ta'sirida buzilishi;
2. fil'tratsiya okimining grunt karkasiga bo’ladigan gidrodinamik bosimi va uning ta'siri ostida gruntdagi kuvursimon kanallar devorlarining yuvilib ketishi;
3. grunt zarrachalarini sementlashtiruvchi tuzlarning erishi;
4. grunt g’ovaklaridan xavo pufakchalarining chikib ketishi.
L.G.Balaevning xisoblashiga sementlashtiruvchi bog’lanishlarni xosil qilishda karbonatlar asosiy rolni uynab, kolloid – dispersli fraksiyalar zarrachalariga karbonatlar eritmalarining ximiyaviy ta'siri yuzaga keladi.
V.I.Krutov fikricha o’ta cho’kuvchan tabiiy strukturadagi gruntlarning suv shimgan xolidagi mustaxkamlik ko’rsatkichlari sezilarli darajada siljish tajribalarini o’tkazish sharoitlariga, xususan zichlashtiruvchi bosimning miqdoriga xam bog’liq.
Bu tadqiqotlar natijalarini taxlil qilish, o’ta cho’kuvchan gruntlar mustaxkamlik ko’rsatkichlari o’zgarishining uchta xarakterli bosqichini farq qilishimiz mumkinligini ko’rsatadi.
Birinchi bosqichda dastlabki zichlashtiruvchi bosim noldan qo’shimcha cho’kishning boshlang’ich bosimiga (Rsl) teng miqdorgacha oshirilganda qovushqoqlik kuchi (s) oshib borib, gruntning ichki ishqalanish burchagi bir muncha kamayadi.
Bu xolat nazarimizda zichlashtiruvchi bosim uncha katta bo’lmaganda va qo’shimcha cho’kish kuzatilmaganda, gruntning tabiiy strukturasi kariyib buzilmaydi va sementlashtiruvchi (ikkilamchi) qovushqoqliklar saklanib, molekulararo (birlamchi) qovushqoqliklar grunt zichlashishi evaziga birmuncha oshadi va natijada umumiy qovushqoqlik miqdori oshadi. Shu bilan birga, bu bosqichda nisbatan mayda zarrachalar yirik g’ovaklakliklarga siljiydi, siljish yuzalari silliklanadi va natijada gruntning ichki ishqalanish burchagi kamayadi.
II bosqichda zichlashtiruvchi bosimning qo’shimcha cho’kish fazasiga mos keluvchi qiymatlarida (0,2 – 0,25 MPa) grunt tabiiy strukturasining buzilishi kuzatiladi. Natijada birlamchi qovushqoqlik grunt zarrachalarining bir – biriga yaqinlashishi evaziga birmuncha oshsada, ikkilamchi qovushqoqlik sezilarli kamayadi va natijada umumiy qovushqoqlik ancha kamayadi. Bosim oshishi bilan qovushqoqlik kuchining intensivligi kamayadi. Bu bosqichda grunt zichlashishi va zarrachalari orasidagi kontakt nuqtalarining Ko’payishi evaziga grunt ichki ishqalanish burchagi oshida.
III bosqichda o’ta cho’kish ro’y berib, keyingi zichlanishidan keyin gruntning zichlik darajasi biroz oshadi. Zichlashtiruvchi bosimning tobora ortishi bilan ikkilamchi qovushqoqlik kamaya borib, birlamchi qovushqoqlik oshadi. Bu ikkala qovushqoqliklar nisbati bilan aniqlanadigan to’liq qovushqoqlik kariyib doimiy bo’lib koladi. Shu bilan birga bu bosqichda ichki ishqalanishi burchagi gruntning zichlashishi xisobiga oshib boraveradi.
A.A.Mustafaev va V.I.Krutovlar xisoblashicha grunt namligining to’liq suv shimgan xoligacha oshishi bilan qovushqoqlik kuchi 2 10 martagacha, ichki ishqalanish burchagi esa 1 1,5 martagacha kamayishi mumkin.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha qo’shimcha cho’kishi jarayonining tugashi bilan grunt mustaxkamlik ko’rsatkichlari oshadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunda qovushqoqlik kuchi sekin oshib borsa, gruntning ichki ishqalanish burchagi kariyib tabiiy xolatdagi qiymatiga yaqinlashadi. Bu xulosalarni M.N.Gol'dshteyn o’tkazgan tadqiqotlar xam tasdikladi.
Lyoss gruntlarining mustaxkamlik ko’rsatkichlarini tadqiqot qilish masalalari bilan chet el olimlari xam ko’p shug’ullanishgan.
1959 yilida Yugoslaviyada qurilish materiallarini sinash institutida D.Milovich raxbarligida lyoss gruntlarining mustaxkamlik ko’rsatkichlari o’rganilgan.
1963 yili Ruminiyada A.Sil'van, N.Chuzer, S.Rodina raxbarliklari ostida lyoss gruntlarda gilli fraksiyalarning o’ta cho’kish deformatsiyasiga ta'sirini aniqlash bo’yicha tajribalar o’tkazildi.
V.I.Krutov tomonidan turli namliklarda lyossimon zichlangan qumoq gruntlarida, ular mustaxkamlik ko’rsatkichlari o’zgarishi bo’yicha kizikarli ma'lumotlar keltirilgan. Gruntning mustaxkamlik ko’rsatkichlari kesuvchi asboblarda konsolidasiyalashgan sekin siljishi usulida aniqlangan. Tadqiqotlar natijalarining taxlili shuni ko’rsatadiki, grunt zichlanishi jarayonida qovushqoqlik kuchi xam, ichki ishqalanish burchagi xam oshib borar ekan. Mustaxkamlik ko’rsatkichlarining absolyut miqdorlari grunt namligiga o’ta yuqori darajada bog’liq ekan.
Quyidagi jadvalda Grozniy shaxrida lyossli gruntning turli namlik darajalarida mustaxkamlik ko’rsatkichlarini aniqlashga karatilgan, qumok gruntlarbilano’tkazilgan laboratoriya tadqiqotlarining natijalari keltirilgan.
Keltirilgan taxlil asosida xozirgi vaktda lyoss o’ta cho’kuvchan gruntlarning mustaxkamlik ko’rsatkichlari masalalari tajriba usullari yordamida yetarli o’rganilgan, ayniksa tajriba – tadqiqotlari Gidroproekt konstruksiyasi bo’yicha tekis kesuvchi asbobda Ko’prok o’tkazilgan. Xulosa shuki asos lyossimon gruntlarning kuchlanganlik deformatsiya xolatini va yuk ko’tarish kobiliyatini asosli xisoblash uchun grunt mustaxkamlik ko’rsatkichlari turli namlik darajalarida, ya'ni grunt tabiiy namlik xolatidan to’liq suv shimgan xolatigacha bo’lgan namliklarda aniqlanishi kerak ekan.