«informatika va at»


Natijalar: bajarilish bo’yicha belgilar



Yüklə 102,66 Kb.
səhifə8/12
tarix21.12.2023
ölçüsü102,66 Kb.
#187556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Magistratura bo’limi «informatika va at» kafedrasi-hozir.org

Natijalar: bajarilish bo’yicha belgilar

Dissertatsiyasi mavzusini yozish


2020-yil


Sentabr oyi


Sentabr oyida O'zbekiston Respublikasida pandemiya davrida magistrantlik dissertatsiyasi uchun mavzusi bo’yicha rejalarni tuzdik va ilmiy-tadqiqot bo’yicha kafedramiz o‘qituvchilari bilan Zoom video konfrensiya dasturi orqali maslahatlashdim. “O’ta cho’kuvchan lyossimon gruntlar vertikal zo’riqishi ta’sirida karkassiz binolar konstruksiyalarini ishlashini o’rganish” mavzusi bo’yicha to’plangan ma’lumotlarni ilmiy rahbarim, dots. X.Alimov birgalikda Zoom video konfrensiya dasturi orqali dissertatsiyamni yozishni davom ettirdim.




Dissertatsiyasi mavzusini dolzarbligi


2020-yil


Dissertasiya ishimning asosiy maqsadi lyossli gruntlar mustahkamlik va deformatsiya ko‘rsatkichlariga grunt namlik darajasi o’zgarishining ta'sirini laboratoriya sharoitida tajriba tadqiqotlari orqali xamda nazariy jixatdan o’rganish bo’ladi. Dissertasiya ishimning asosiy maqsadiga erishish uchun tadqiqotlar vazifasi doirasida quyidagilar amalga oshirish rejalashtirildi


1. O‘ta chukuvchan lyoss gruntlari mustaxkamlik va deformatsion ko’rsatkichlarini o’rganish bo’yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar sharxini qilish;
2. lyoss gruntlarining fizik ko’rsatkichlarini turli namliklarda aniqlash;
3. lyoss gruntlari deformatsion ko’rsatkichlarini turli namliklarida kompression tajribalar asosida aniqlash;
4. lyoss gruntlari mustaxkamlik ko’rsatkichlarini turli namliklarda Gidroproekt konstruksiyasi kesuvchi asboblarida aniqlash;
5. tajriba natijalarini ehtimoliy statistik taxlil etish;
6. tajriba natijalarini taxlil qilib, xulosalar berish va lyoss gruntli asoslarning kuchlanganlik – deformatsiya xolatini va yuk ko’tarish qobiliyatlarini xisoblashga doir amaliy takliflar ishlab chiqish.


Dissertatsiyasi mavzusini maqsadi


2020-yil


Lyossimon gruntlar MDX maydonlarida keng tarqalgan. O’zbekistonda Lyossli gruntlar 1/3 maydonlarda tarqalgan. Xuddi shu maydonlar asosan sanoat binolari va turar joy binolari, yo‘l va irrigasiya tarmoqlari qurilishi keng tarqalgan zonalarga to’g‘ri keladi. Shuning uchun mo’taxassislar oldida Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlarning xossalarini chuqur o’rganish va bunday asosdagi inshootlar deformatsiyalanganlik va kuchlanganlik holatini vaqt mobaynida prognoz qilishdek muxim vazifa turibdi.


Lyossli o’ta chukuvchi gruntlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda bu gruntlarning suv shimish jarayonida yuzaga keladigan katta deformatsiyalarini hisobga olishdek muhim muammogo duch kelinadi, chunki bu gruntlarning suv shimishi jarayoni bino va inshootlarning normal ekspluatasiyasini qiyinlashtiruvchi notekis cho’kishlarga olib keladi. Lyossli gruntlarda barpo qilingan bino va inshootlarni ta'mirlash va qayta tiklash ishlari harajatlari binoning dastlabki qurilish narxining 30-40% ni tashkil qiladi.
Zamonaviy poydevorsizlik nazariyasining dolzarb muammolaridan biri bino va o’ta cho’kuvchan asos gruntini birgalikdagi ishini grunt nam shimgan holida hisoblash uslubini ishlab chiqishdir. Bu masalalar hozirgi vaqtda o’ta cho’kuvchan gruntli asoslarda barpo qilinadigan bino va inshootlar hisoblarida muhim rol o’ynaydi. Lyoss gruntlarning namlanishi va deformasiyalanishi jarayonining murakkabligi bu gruntlar massivida namlikning tarqalishi va deformasiyalanganlik va kuchlanganlik holati parametrlarini hisoblashning yagona nazariyasini yaratishning imkonini bermaydi. Hozirgi vaqtda Lyossli gruntlar fizik – mexanik xossalarini tadqiqot qilish buyicha, kuchlanishlar tarqalishi zonalarining shakllanishi va transformasiyasi, gruntlarning namligi va deformasiyalanishi ko’rsatkichlarini laboratoriya va dala sharoitida aniqlash bo’yicha katta ishlar qilinmoqda. Ammo hozirgi kungacha o’ta cho’kuvchan gruntlar suv shimganida yuqori ishonchlilik bilan ular mustaxkamlik va deformasiyalanuvchanlik hisobiy ko‘rsatkichlarini tanlash va ular yordamida turli bikrliklardagi poydevorlar bilan suv shimuvchi asoslarining birgalikdagi statik ishini baholash uslubi yaratilmagan.
Muxandislik masalalarining asos va poydevorlarini hisoblash va loyihalashdagi qator yechimlari gruntlar fizik – mexanik, mustahkamlik va deformatsion ko‘rsatkichlari to’g‘risidagi operativ va ishonchli ma'lumotlarga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda bino va inshootlar asoslarini hisoblashning turli nazariy usullari mavjud bo‘lib, ular yuqorida ta'kidlangan omillarni hisobga oladi.


Dissertatsiyasi mavzusini obekti va predmeti


2020-yil


Oldinga quyilgan maqsadga muvofik laboratoriya sharoitida Jizzax viloyatining baxmal tumani «Tokchilik» qishlog’ida qurilayotgan kasb hunar koleji qurilish maydonidan keltirilgan grunt namunalarini fizik, mustaxkamlik va deformasion ko’rsatkichlari turli namliklarda grunt to’liq suv shimgan xolatigacha bo’lgan namliklarda aniqlash va grunt namlik rejimi o’rganishning ularga ta'sirini o’rganish bo’ldi.







Yüklə 102,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin