A2
operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi;
taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi;
axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi;
Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi;
Kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;
dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir sodda dasturlar tuza oladi;
mediasavodxonlik bilimiga ega bo‘ladi;
elektron jadvallarda elektron jadval imkoniyatlaridan foydalanib hujjatlar hosil qila oladi;
elektron jadval elementlari ustida formatlash amallarini bajara oladi;
elektron jadvallarda ma’lumotlar ombori va diagrammalar hosil qilib, turli amallarni bajara oladi;
elektron jadvallar funksiyalaridan foydalanib sodda hisoblashlarni bajara oladi.
A2+ Elektron jadval funksiyalaridan foydalanib matematik, fizik va iqtisodiy yo‘nalishlarda hisoblashni va mantiqiy masalalarni hal eta oladi;
tarkibiy Web-sahifa ko‘rinishida axborot resurslarini tayyorlay oladi;
dasturlash texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanib sodda dasturiy ta’minot hosil qila oladi.
A2 Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi; axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlik talablariga rioya qiladi.
A2+ Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini kichraytirish imkoniyatlaridan foydalana oladi.